Qo'qonda yulduzlar jam bo'lganda
10 may 2014 09:24
Yangiliklar
Qo'qonda yulduzlar jam bo'lganda
Avval xabar berganimizdek 9 may juma kuni Farg'ona viloyatining Buvayda tumani Yangiqo'rg'on shaharchasida xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shou uchrashuv tashkil etildi.
XOTIRA TURNIRI
Dinamo - Farg'ona faxriylar jamoasi 0:1 (0:1)
Yangiqo'rg'on. Markaziy stadioni.
Hakam: Nodir Toshmatov
Gollar: No'mon Hasanov (32)
"Dinamo": Diyor Nosirov, Aziz Nosirov, Ro'zmat Usmonov, Imomali Tursunov, Doniyor Fozilov, Hoshim SHokirov, Oybek Ahmatov, Fahriyor O'rinboev, Abror Rahmonov, Tavakkal Abdurahmonov, Azamat Tursunov.
Zaxira: Omonjon O'rinboev, Akbar Mahmudov, Muhammad Ortiqov, Ilhom Ibragimov, Anvar Xolmirzaev, Alisher Yuldashev.
Bosh murabbiy: Xushbek Qosimov.
Farg'ona faxriylar jamoasi: Xislat CHilmatov, Jahongir CHilmatov, Sergey Lebedev, Asad Do'rmonov, Muxtor Qurbonov, SHerzod Qo'chqorov, Bahrom Haydarov, No'mon Hasanov, SHerzod Raimjonov, SHuhrat Rahmonqulov, Umid Isoqov, Rustam Do'rmonov, Muhammadqodir Abdullaev...
Bosh murabbiy: Bahrom Hakimov.
Unda Farg'ona ikkinchi ligasi ishtirokchisi Dinamo va Farg'ona faxriylar jamoasi qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik. Tumanda bunday shou uchrashuvni tashkil etilgani mahalliy muxlislarda katta qiziqish uyg'otdi.
O'yin qiziqarli va shu bilan birga do'stona ruhda kechdi. Dinamo yoshlari o'zlarini ko'rsatishga uringan bo'lsa-da, faxriylar ham engilishni istamadi va hujumkor ruhda o'yin namoyish etishga harakat qildi. Yana shuni alohida takidlash lozimki, faxriylar jamoasini maydonga taniqli bokschi Muhammadqodir Abdullaev sardor sifatida boshlab tushdi. 7-raqam sohibi oldingi chiziqda Umid Isoqov bilan birga o'ynadi.
Uchrashuvda No'mon Hasanov tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi.
Darvoqe, uchrashuv shou bo'lgani uchun ham har bir bo'lim 25 daqiqadan iborat bo'ldi. Tanaffus vaqtida tuman hokimi so'zga chiqib yig'ilganlarni xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi va faxriy o'yinchilarning taklifga labbay deb javob bergani uchun minnatdorchilik bildirib ularning ayrimlariga zarbof to'n kiydirildi. Tohir Kapadze, No'mon Hasanov, Sergey Lebedev shular jumlasidandir.
Uchrashuvdan so'ng har ikkala jamoa azolari do'stona ruhda bir-birlariga qo'l berib o'yin uchun minnatdorchilik bildirdi va estalik uchun suratga tushishdi.
Islombek Rustambekov Yangiqo'rg'on tumanidan maxsus.
Foto: Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar