Pyanichning agenti PSJ bilan muzokaralar olib bormoqda
10 apr 2020 15:34
Yangiliklar


Pyanichning agenti PSJ bilan muzokaralar olib bormoqda
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich katta ehtimol bilan yozgi transferlar oynasida klubdan ketadi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning malumotlariga ko'ra, 30 yoshli bosniyalik xavbekka PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.
Francuz grandi sport direktori Leonardo o'yinchining agenti bo'lmish Fali Ramadani bilan uchrashuv o'tkazgan.
Oldinroq, "Yuventus" shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan Pyanichni 60 million evroga sotishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar