Puyol 15 may kuni "Barselona" bilan rasman hayrlashadi
09 may 2014 21:18
Yangiliklar
Puyol 15 may kuni "Barselona" bilan rasman hayrlashadi
"Barselona" jamoasi sardori Karles Puyol 15 may kuni jamoa bilan hayrlashuv marosimini o'tkazadi, deya xabar qilmoqda klub rasmiy sayti.
Ushbu marosimda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, klub rahbariyati va futbolchilari, shuningdek, futbolchining do'stlari va qarindoshlari ishtirok etadilar.
Puyol kataloniyaliklar jamoasi safini tark etishi haqida mart oyida elon qilgan edi. Ikki yildan so'ng yakuniga etishi zarur bo'lgan shartnoma ikki tomonning roziligiga ko'ra bekor qilinadigan bo'ldi.
Fikrlar