⚡️ Professional futbolda maydonga chiqqan yoshi eng kichik futbolchi kim?
15 sen 2022 00:40
Yangiliklar
⚡️ Professional futbolda maydonga chiqqan yoshi eng kichik futbolchi kim?
Aterton Buyuk Britaniya rekordini yangilaganini haqida saytimiz orqali xabar berdik.
Abili esa Avstraliya kubogi doirasida “Oukli Kennons” hamda “Makartur” (2:5) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 90-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. U darvozabon hisoblanadi.
Bu borada eng yosh futbolchi kim?
Rekord o'tgan yili liberiyalik 11 yoshli bolakay - Erik Marshal (yarim himoyachi) tomonidan qayd etilgan. U 2009 yil boliviyalik Maurisio Baldivisio (hujumchi) 12 yoshligida o'rnatgan rekordni yangilagan ekan. Marshal 4-divizion jamoasi "FC Gar’ou" safida bunga erishgan.
O'zimizdachi?
"11v11.com" portali statistikasiga ko'ra, O'zbekiston MTJ tarixidagi eng yosh futbolchi Ilyos Zeytullaevligi ko'rsatilgan. U 16 yosh-u, 267 kunligida JCH-2002 saralashi doirasida Iordaniya (1:1)ga qarshi bahsda terma jamoada debyut qilgan. Ammo Zeytullaev intervyularining birida yoshi 2 yilga kichraytirilganinin tan olgandi. Undan keyingi o'rinlardan esa Aleksandr Geynrix (17 yosh-u, 219 kunlik. Slovakiya 1:4) hamda Jasur Jaloliddinov (17 yosh-u, 219 kunlik. Belarus 0:1) joy olgan.
SHuningdek, Jaloliddinov 2018 yil 16 yosh-u, 80 kunligida O'zbekiston Superligasidagi debyut qilib, yoshi eng kishik o'yinchilar qatoridan joy olgandi. Keyinchalik uning natijasini yaxshilagan futbolchining esa yoshi kichraytirilgani aniqlangandi.
Umuman O'zbekiston chempionatlari tarixidagi eng yosh futbolchi - SHavkat Salomov (15 yosh) hisoblanadi.
P.S. Xullas, shunaqa gaplar)
Fikrlar