So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  7 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  11 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  13 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Intervyu. Anvar Berdiev: "Hech qaysi raqib "Sho'rtan"ga oddiy jamoa sifatida qaramasligi kerak" Yangiliklar

Intervyu. Anvar Berdiev: "Hech qaysi raqib "Sho'rtan"ga oddiy jamoa sifatida qaramasligi kerak"

Bu yil Qashqadaryodan Superligada bir yo'la 3 ta jamoa ishtirok etadi.

So'nggi bor bunday holat Superligada 2017 yil sodir bo'lgan edi. Ayni paytda "Mashal" va "Sho'rtan" Toshkentda taraddudni olib bormoqda. G'uzorliklar kecha Tojikistonning CSKA klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Mazkur o'yindan so'ng jamoa ustozi Anvar Berdievga yuzlandik. 

- Qishda "Sho'rtan"ga boshqa murabbiy tayinlanishi haqida xabarlar chiqqandi. Yakunda esa jamoani mavsumga siz tayyorlamoqdasiz. Dastlab mazkur vaziyat va Superligaga tayyorgarlik haqida fikrlaringizni bildirsangiz...

- Superligaga hozirlik yaxshi ketmoqda. Xabaringiz bor, 5 yanvar sanasidan G'uzorda yig'inga kirishdik. Birinchi va ikkinchi bosqichni o'zimizning qarorgohimizda o'tkazdik. To'g'ri aytdingiz, yangi bosh murabbiy izlayotgan edik. Lekin klub rahbarlari menga ishonch bildirishga qaror qilishdi. Pro licenziyasiga o'qish jarayonida jamoa bilan birga bo'lish imkoniyati kamayadi. Shuning hisobiga yaxshi mutaxassis topishga qaror qildik. Barchasini gaplashib oldik, kerakli sharoitlarni qilib berishmoqda. Hozirda Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvlari orqali futbolchilarimizni ko'rib olyapmiz. Har bir futbolchiga imkon bermoqdamiz. Ushbu uchrashuvlarida kamchiliklarimizni, qaerda qanday xatoga yo'l qo'yayotganimiz tekshirib olyapmiz desam to'g'ri bo'ladi. Bu yil G'uzor muxlislarini xursand qilishga astoydil bel bog'laganmiz. 

- Jamoa Superligada raqiblariga qanchalik raqobat tug'diradi?

- Bilasiz, Superligada raqobat yuqori. Biz byudjetimizga yarasha futbolchilarni jalb qildik. Jamoamiz rahbarlari imkon darajasida yordam berishmoqda. Ularga rahmat aytaman. Yangi mavsumda maydonda raqiblarga jang taklif qilamiz. Jamoamizga kelgan futbolchilar bunga tayyorlar. Hech qaysi jamoa "Sho'rtan"ga oddiy jamoa sifatida qaramasligi kerak. Jangovar jamoa shakllantirishga harakat qilyapmiz. 

- Elitaga chiqish omad tufayli yuz berdimi?

- Superligaga chiqishimizni omadga bog'lasak ham bo'ladi. Lekin buni tezroq esdan chiqarishimiz kerak. "Sho'rtan" o'z vaqtida OFK kubogida o'ynagan, O'zbekiston kubogi finaliga chiqqan. Jamoani yaxshi o'yinlarini qaytarishga harakat qilamiz. 

- Taqvim jamoaga qanday keldi?

- Taqvim bo'yicha nima derdim, dastlabki 5-6 ta turda jamoalar kuchi teng bo'ladi. "Xorazm" bilan ilk turda o'ynashimiz, keyingi raqiblar nisbatan qulay keldi deb o'ylayman. Har bir o'yinda raqiblarga o'z o'yinimizni o'tkazish va ochko olish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. 

- Odatda murabbiylar bitta mavsumga bitta tarkib shakllantirishadi va rotaciyalar qilishga qiynalishadi. Sizni bu yil zaxira muammosi qiynamaydimi?

- Pro ligada o'ynagan futbolchilarning aksariyatini saqlab qoldik, chunki ular o'tgan yili katta mehnat qilishdi. Imkoniyat beramiz. Yangi futbolchilar va o'zakni jipslashtirib yangi darajaga olib chiqishimizga ishonaman.

- Chempionlik uchun kurashda favoritlar kimlar? Mavsumni barqaror o'tkazish nimaga ko'proq bog'liq?

-  Superligada "Nasaf", "Neftchi", "Paxtakor" OKMK, "Navbahor" chempionlik uchun kurashishini taxmin qilaman. Oldindan bashorat qilishni yomon ko'raman. Qolganini mavsum davomida ko'rib boramiz. Kim qanday tayyor bo'lsa natija ham shunday bo'ladi. Yaxshi mashg'ulot o'tkazib yomon futbol o'ynash mumkin emas. Yomon mashg'ulot o'tkazib yaxshi futbol o'ynab bo'lmaydi. Baribir mavsum davomida darajasi yuqori futbolchilar asosiy planga chiqib o'yinning taqdirini hal qilishi mumkin. 

- Legionerlar borasidagi poziciyangiz qanday?

- Ko'proq mahalliy futbolchilarga ishonch bildiraman. Men o'zimning yigitlarimga imkon beraman, legionerlarni ulardan ustun tarafini ko'rmayapman. Oldin baribir kuchli legionerlar kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика