Prevyu. "Olimpik" - "Bunyodkor". Ustunlik Kapadze jamoasida biroq Boshkovich ham "sovg'a" tayyorlashi mumkin
15 sen 2022 17:24
Yangiliklar
Prevyu. "Olimpik" - "Bunyodkor". Ustunlik Kapadze jamoasida biroq Boshkovich ham "sovg'a" tayyorlashi mumkin
Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi. Garchi markaziy maqomga mos bo'lmasada, bu yildan boshlab o'tkazilayotgan yangi Toshkent "derbisi". Derbilar esa doim murosasiz o'tishi bilan ajralib turgan. Bugungi bahs ham shunday kechishi mumkinmi? Jamoalar qanday holatda? Quyida shu haqida fikrlashamiz.
Olimpik Muhammadqodir Hamraliyev - 90' |
Superliga. 19-tur 15/09/2022, 19:35 1
:
1
Tugadi
|
Bunyodkor Francis Narx - 45' |
"Olimpik"
Timur Kapadze shogirdlari joriy mavsumda birinchi marotaba elitada ishtirok etayotganiga qaramay yaxshigina chaqilmas "yong'oqqa" aylanib ulgurdi. Jamoa ikkinchi davrada "Qizilqum" bilan o'yinga kelib birinchi mag'lubiyatini tan oldi, 1:2. Undan avvalgi turda chempionat etakchisi "So'g'diyona" taslim etilgandi (1:0). "Paxtakor"dan esa ikkinchi davrada ham ochko olishga erishdi, deya olamiz. Qolgan bahslarda quyidagi natijalarni qayd etdi. Timur Kapadze o'z jamoasida o'yinni juda yaxshi yo'lga qo'ya olganligi, futbolchilar jismoniy taraflama raqiblaridan qolishmayotgani tahsinga loyiq. Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, so'nggi 5ta uchrashuvda "Olimpik" raqiblar darvozasiga 20 bor aniq zarba yo'llagan, to'p nazoratidagi ustunlik ham ular tomonida qayd etilgan, 5ta o'yinda o'rtacha 53 foiz to'pga egalik qilgan, 8 ochko to'plagan.
14-tur. "Surxon" - "Olimpik" 0:5
15-tur. "Olimpik" - "Qo'qon-1912" 1:1
16-tur. "Paxtakor" - "Olimpik" 1:1
17-tur. "Olimpik" - "So'g'diyona" 1:0
18-tur. "Qizilqum" - "Olimpik" 2:1
"Bunyodkor"
"Bunyodkor" mashg'ulotidan reportaj: Ikromov qaytish arafasida+Davronjon Ergashev bilan intervyu
"Neftchi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng "Bunyodkor" murabbiylar shtabi to'liq yangilandi. Endilikda "qaldirg'ochlar"ga klub o'rinbosarlari bilan ishlab kelgan Ivan Boshkovich ustozlik qiladi. Ayni paytda qanday holatda ekanligimiz barchaga malum. Lekin biz "Bunyodkor"miz. O'ylaymanki, vaziyatni yaxshilash va mavsumni hozirgi egallab turgan o'rnimizdan teparoqda yakunlashimiz mumkin. Oldinda 8ta o'yin qolgan. Kerakli ochkolarni jamg'arish zarur",- deydi chernogoriyalik murabbiy. Aytish mumkinki, "Bunyodkor"dagi vaziyat raqibinikidan bir muncha yomonroq. Poytaxt klubi ikkinchi davrada 1ta bahsda g'alaba qozondi. 3ta mag'lubiyat, 1ta durang natija qayd etdi, 5ta o'yin 4 ochko.
Fikrimcha, garchi jamoaga yangi murabbiy tayinlangan bo'lsada, baribir ustunlik mezbonlarda bo'ladi. Birinchidan barqaror shakllangan o'yin, maydon faktori va ruhiyat. Boshkovichga esa hozir oson emas. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Balki o'ziga hos "sovg'a" tayyorlashi ehtimoli yo'q emas.
Ivan Boshkovich: "Hozirgi vaziyatni yaxshilash mumkin. Biz "Bunyodkor"miz"
14-tur. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 2:0
15-tur. "Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:2
16-tur. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0
17-tur. "Dinamo" - "Bunyodkor" 1:2
18-tur. "Bunyodkor" - "Neftchi" 1:2
Ular bugun sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqadi
"Olimpik"da to'p tepayotgan Otabek Jo'raqo'ziev, Farruh Muhtorov, Abdurauf Bo'riev, Mironshoh Sattorov, Jasur Xoldorov."Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
“OLIMPIK” — “BUNYODKOR”
15 sentyabr. Toshkent. “Jar” stadioni. 19:30
Bosh hakam: Temur To'xtasinov.
Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev.
Zaxiradagi hakam: Lochin Dolimov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Aziza Tatlimuratova.
Fikrlar