Policiyachi muxlislarni tinchlantirishga uringan futbolchini otib qo'ydi+VIDEO
10 dek 2016 16:44
Yangiliklar
Policiyachi muxlislarni tinchlantirishga uringan futbolchini otib qo'ydi+VIDEO
Policiyachi Argentina chempionatining ikkinchi divizioni ishtirokchisi “Almagro” klubi futbolchisi Franko Kirosga bexosdan, o'zi istamagan tarzda o'q uzgan.
O'sha paytda futbolchi muxlislarni tinchlantirishga urinayotgan edi. “Atletiko Parana” (0:1) klubiga qarshi kechgan o'yin chog'ida tribunalarda muxlislar o'rtasida mushtlashuv boshlangan.
Policiya hodimlari rezina o'qlar yordamida ishqibozlarni xushyorlikka chaqirishga urinishgan. Ana shunday o'qlardan biri 26 yoshli Kirosning boshiga tekkan.
Franko Kiros zudlik bilan kasalxonaga etkazilgan. Xabarda aytilishicha, futbolchining hayoti xavf ostida emas.
VIDEONI USHBU SAHIFADA TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN (TAS-IX) (Asabi bo'shlarga ko'rish tavsiya etilmaydi) > > > Policiyachi muxlislarni tinchlantirishga uringan futbolchini otib qo'ydi+VIDEO
Fikrlar