Pol Ins: “Siti” va “Liverpul”ga yaqinlashishi uchun MYUga top hujumchi zarur”
22 mar 2020 08:37
Yangiliklar


Pol Ins: “Siti” va “Liverpul”ga yaqinlashishi uchun MYUga top hujumchi zarur”
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Ins MYU o'z safiga Erling Xolandni qo'shib ololmagani va hujumchi “Borussiya”ga o'tib ketganligi haqida gapirdi.
“Agar manchesterliklar “Manchester Siti” va “Liverpul” ga saviya jihatdan yaqinlashishini istashsa, ularga top hujumchi lozim bo'ladi.
Ularda yosh, iqtidorli hujumchi Xoland bilan shartnoma tuzish imkoniyatini qo'lda chiqarishdi. Bu meni afsuslantirmoqda. U judayam iqtidorli futbolchi. Xoland yanada o'sadigan futbolchi. Bu kabi talantlarni qo'ldan chiqarish kerakmas. Ularga har mavsum kamida 20-25 ta gol uradigan hujumchi nihoyatda zarur”, deya takidlab o'tdi Ins.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar