Pogba Franciya termasiga qaytadimi? Desham javob berdi
03 okt 2025 01:25
Yangiliklar
Pogba Franciya termasiga qaytadimi? Desham javob berdi
Franciya termasi bosh murabbiyi Dide Desham Pol Pogbaning milliy jamoaga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.
32 yoshli Pogba doping sababli bo'lgan diskvalifikaciyasini o'tab bo'lib, "Monako" bilan shartnoma imzoladi.
"Ha, u yana futbolchilikka qaytishga yaqin. Franciya termasiga qaytish? U ham shuni istaydi, bunga shubha yo'q. Biroq buning uchun u bir qancha bosqichlardan o'tishi kerak.
Hozir u "Monako" libosida maydonga tushishi mumkin. Umid qilamanki, unda barchasi o'xshaydi. Qolganini esa ko'raveramiz. Ilk qadamini tashlashida unga omad tilab qolaman. Bu uning uchun juda katta xursandchilik bo'ladi.
U termaga qaytishi mumkinmi? Ha, deb javob bersam, hamma "Ohho, Pogba termaga qaytarkan", deyishadi. Yo'q deyishim esa ahmoqona gap bo'ladi. Shu sababli unisi ham bunisi ham hozir ortiqchalik qilishi mumkin", - dedi Desham.
O’xshash yangiliklar
23:31
Turdimurodov, Ibragimov, Esanov – milliy jamoaga nomzod futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda 1
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar