"Barselona" Holandga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
22 sen 2025, 16:14
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadigan Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirmoqda.

"Football Insider" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand bu rolga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Klub 25 yoshli norvegiyalik futbolchini yuqori darajadagi faoliyatini yakunlash arafasida turgan 37 yoshli Levandovskining o'rnini bosa oladigan uzoq muddatli hujumkor yetakchi sifatida ko'rmoqda.

Holand 2022 yildan buyon "Siti"da to'p tepib keladi va "shaharliklar" uchun 151 o'yinda 130 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Angliya chempioni bilan shartnomasi 2034 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, transfer narxi 180 mln evro etib belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider