Pires MYUga uchralgan sharmandali mag'lubiyat haqida: “Vengerni bunday holatda oldin ko'rmagandim”
14 fev 2022 09:35
Yangiliklar


Pires MYUga uchralgan sharmandali mag'lubiyat haqida: “Vengerni bunday holatda oldin ko'rmagandim”
“Arsenal” sobiq futbolchisi Rober Pires 2001 yil “Manchester Yunayted”dan qabul qilgan 1:6 hisobidagi mag'lubiyatni esladi.
“Vengerni bu qadar g'azablanganini hech qachon ko'rmagandim va undan chiqayotgan so'zlarni ham oldin eshitmagandim. Holat shuni talab qilardi.
Tanaffusgacha 1:5 hisobida yutqazayotgandik. Bu dahshat edi. U juda ham jaxldor edi. Bizning harakatlarimiz uni noo'rin holatga qo'ygan bo'lsa kerak. Ayniqsa, principial raqibi Aleks Fergyussonga qarshi to'qnashuvda”, deydi Pires.
Eslatib o'tamiz, “Old Trafford”da o'tgan bahsda Duayt York xet-trikka erishgan, qolgan gollarni esa Roy Kin, Ole-Gunnar Sulsher hamda Teddi SHeringem urishgan. Raqiblardan javob to'pini esa Terri Anri kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar