So’nggi yangiliklar

19:00"Ўзбек Лоран Блани": Франциялик шарҳловчи Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га трансфери ҳақида гапирди  0 18:30"Абдуқодир Ҳусанов камгап, аммо кучли футболчи" — "Ланс" устози  22 18:15"Венеция" — "Интер". Лаутаро ва Тареми асосий таркибда  2 18:15Абдуқодир Ҳусановнинг укаси "Ланс" академиясида!  5 18:01Уокер Ибрагимович билан музокаралар олиб борди  0 17:21"Барселона" Арауходан норози  1 16:56"Тамворт" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 16:50"Манчестер Сити" "Реал" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи  5 16:24Эртага Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўз юришини бошлайди  0 15:51"Наполи" Хвичанинг ўрнини Кьеза ёки Зиеш билан тўлдириши мумкин  0 15:22"Бунёдкор" икки ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  6 14:51"Барселона" уч етакчиси билан шартномаларни узайтиради  2 14:19Фабрицио Романо Абдуқодир Ҳусановнинг қачон "Манчестер Сити" билан шартнома имзолашини маълум қилди  46 13:51"Ливерпуль" форварди Нуньесга янги даъвогар бор  4 13:21ЎФА ва ЎФФ раҳбарияти аёллар терма жамоаси аъзолари билан учрашди  0

PFL - bir qadam oldinda. O'FA hamon jim Yangiliklar

PFL - bir qadam oldinda. O'FA hamon jim

4 fevral kuni PFL OAV xodimlari uchun ochiq moliyaviy hisobot o'tkazdi.

Yig'ilishda o'tgan bir yil davomida PFL qancha xarajat qilgani-yu, qancha daromad topgani haqida gap bordi. PFL oldinlari ham yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazardi. Aytaylik, Farhod Magometov paytida turli statistikalar keltirilardi-yu, lekin moliyaviy raqamlar oshkor qilinmasdi. Bu yilgi hisobot esa PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev takror va takror aytishni xush ko'radigan shaffofligi bilan ajralib turdi. 

Futbolda shaffoflik bo'lgani yaxshi. CHunki futbol bu - xalq o'yini. Bu erda hech qanaqa sir bo'lmasligi kerak. PFLning ochiq moliyaviy hisoboti oshkoralik sari tashlangan katta qadam deb o'ylayman. PFL bu hisobot orqali hamma bilan ochiq ishlashga tayyor ekanini malum qildi. 

Endi esa yurish navbati O'FAga. O'zbekiston futbol associaciyasi ham xuddi PFL kabi ochiq moliyaviy hisobot o'tkazishi lozim bo'ladi. CHunki O'FAga ham beriladigan savollar ko'p: 2021 yilgi mavsum qanday o'tdi? Milliy terma jamoaning JCH saralashdagi muvaffaqiyasizligi keng tahlil qilindimi? Terma jamoalar rahari etib nega aynan Usmon Toshev tayinlandi? Srechko Katanecning maoshi qancha va uning oldiga qanday talablar qo'yilgan? Nima uchun Server Jeparov o'rnini o'smirlar termasida Rauf Inileev egalladi? Rauf Talgatovichning futbolga qarashlari eskirmaganmi? 

Xullas shu va shunga o'xshash savollarga endi O'FA rahbariyatining javob berishiga to'g'ri keladi. Lekin hamma gap bu savollarga javob bera oladigan rahbar bor-yo'qligida. O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov o'tgan yil hakamlarni yig'ib, juda yaxshi uchrashuv tashkil qildi. Ochiq savol-javoblar bo'ldi. Lekin O'FA nomidan hisobot berishga tayyormi, bu boshqa masala. 

Hozirgi muxlis rahbar faqat tayinlangan kuni OAV bilan uchrashib, boshqa payt jim yurishini xohlamaydi. Hozirgi muxlis juda zukko. Ularga imkon qadar tez-tez hisobot berib turish lozim. O'tgan bir yil ichida amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar haqida bilishni kim ham istamaydi deysiz.

Barsa Bloger.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика