So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

"Paxtakor"ni restartga tayyorlashda xizmat qilgan murabbiy jamoada qolmadi Yangiliklar

"Paxtakor"ni restartga tayyorlashda xizmat qilgan murabbiy jamoada qolmadi

Saytimiz orqali O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankovni "Paxtakor"da ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Biroq, klubda kiperlar bilan ishlayotgan turkiyalik murabbiy Ibrohim Yilmaz mashg'ulotlarga qaytgach Ivankov deyarli ko'rinish bermadi. Biz bu borada aniqlik kiritish maqsadida mutaxassisga yuzlandik.

"Paxtakor" klubi bilan kelisha olmadim. Yil oxiriga qadar bu jamoada ishlamasligim aniq. Joriy mavsum yakunlangach yani qishda qaytadan muzokara o'tkazishim mumkin. Hozircha terma jamoa yig'inlari boshlanguniga qadar o'zimga jamoa qidirishga urinib ko'raman. Qolganini vaqt ko'rsatadi",- deydi Denis Ivankov. 

Bungacha Ivankov “Mashal”, “Nasaf” jamoalarida samarali mehnat qilib ko'plab kiperlarni tarbiyalagan va katta futbolda o'z o'rniga ega bo'lishida katta hissa qo'shganligi ko'pchilik uchun sir emas. Demak, ushbu murabbiyni yaqin orada yoki keyingi mavsumda Superliga klublarida ko'rishimiz ehtimoli katta. O'ylaymizki, u boy tajribasi va bilimi bilan yana ko'plab posbonlarni etishtirib bera oladi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика