Mourinyo "Vilyarreal"ga yo'l oldi

Alisher Ostonov
2 avg 2025, 14:01
"Vilyarreal" "Atletiko" himoyachisi Santyago Mourinyo transferini e'lon qildi.

23 yoshli urugvaylik futbolchi bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Transfermarkt portali kelishuvni 10 million evroga baholagan. 31 iyul kuni "Atletiko" futbolchini "Alaves"dan 4 million evroga birinchi bo'lib sotib olish imkoniyatidan foydalandi.

Mourinyo 2024/25 yilgi mavsum "Alaves" safida 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: villarrealcf.es