"Paxtakor" kimni ro'yxatdan chiqaradi?
28 iyu 2022 20:33
Yangiliklar
"Paxtakor" kimni ro'yxatdan chiqaradi?
SHackix yozda Kamen Xadjievni qo'yib yuborib, Pshemislav Banashak hamda Iliya Martinovichni tarkibga qo'shib oldi. SHu erda tabiiy muammo paydo bo'lyapti:
O'zPFL reglamentining 9-bob 2-bandida legionerlar limiti 4+1 shaklida ko'rsatilgan. Bunda xorijlik o'yinchilarning kamida 1 nafari osiyolik bo'lishi talab qilinadi. Agar OFKga azo mamlakatlardan o'yinchi bo'lmasa, klub 4 nafardan ortiq legionerni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. "Paxtakor"da esa ayni paytdagi legionerlarning barchasi ko'hna qitadan.
1. Dragan CHeran (Serbiya)
2. Oliver SHarkich (CHernogoriya)
3. Oleksiy Larin (Ukraina)
4. Iliya Martinovich (CHernogoriya)
5. Pshemislav Banashak (Polsha)
Ushbu holatda "sherlar" rahbariyati chet ellik o'yinchilardan birini qo'yib yuborishi kerak. Aks holda, klub kimgadir "chiroyli ko'zlari" uchun maosh to'lashga majbur bo'ladi.
Transfer bozori ochilishi bilan Oleksiy Larinning "Neftchi"ga o'tishi haqida mish-mishlar tarqagan edi. Biroq, Farg'ona klubida hozircha yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha cheklov bor. Bozor yopilishiga esa bir kun qoldi.
Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI
Fikrlar