"CAFA Nations Cup-2025". Tojikiston uyda Hindistonga yutqazdi
29 avg 22:30
Yangiliklar
"CAFA Nations Cup-2025". Tojikiston uyda Hindistonga yutqazdi
Bugun "CAFA Nations Cup-2025" turnirida ikkinchi guruh o'yinlari start oldi.
Qo'shnilarimiz hisoblangan Tojikiston terma jamoasi musobaqaning ilk uchrashuvida o'z maydonida Hindiston bilan kuch sinashdi. Darvozalarga 3 ta gol urilgan o'yinda omad hindistonliklarga kulib boqdi (1:2). Tojikiston safidagi yagona golga "Xorazm" hujumchisi Shahram Samiev mualliflik qildi. Keyingi turda 1 sentyabr kuni Tojikiston Afg'oniston bilan, Hindiston Eron bilan to'qnash keladi.
"CAFA Nations Cup-2025"
Tojikiston - Hindiston 1:2
Gollar: Shahram Samiev 23 - Anvar Ali 5, Sandesh Jingan 13
Keyingi juftlikda Eron Afg'onistonni 3:1 hisobida engdi. Forslar safida gollarga Majid Hosseyni (dubl), Amirxosseyn Xosseynzoda mualliflik qilgan bo'lsa, Afg'onistondan Omid Musavi to'p kiritdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar