So’nggi yangiliklar

13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  0 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  3 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  1 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  12 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  16 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3

Akmal Rustamov: "Andijon" OCHLda o'ynayapti, ularga ham og'ir" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Andijon" OCHLda o'ynayapti, ularga ham og'ir"

Superliga 28-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Andijon" (2:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Andijon" bilan juda qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Jizzaxdagi mag'lubiyatdan keyin rahbariyatimiz va muxlislarimiz oldida ham g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori edi. Futbolchilarimizga va rahbariyatga rahmat. Bizni qo'llab turishibdi. Yigitlar ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Chempionatni oxiri va jamoalarga qiyin. "Andijon" ham OCHLda o'ynayapti, ularga ham og'ir. Safarlarga borib kelishyapti. Bizda ham qiyinchiliklar bor. Bugungi uchrashuvda 4 ta futbolchimizni sariq kartochkalari to'planib qolganligi uchun o'ynay olishmadi. Yoshlarimiz bilan harakat qildik, ularni tarbiyalashda davom etamiz. Keyingi yildan jamoada navoiylik yoshlarimizni tarkibga qo'yib boramiz.

- Hujumkor o'yin ko'rsatishyapti. Lekin o'tkir hujumchi ko'rinmayapti. Gol ham standartlardan urilyapti. Buni qanday tushuntira olasiz?

- Ular vazifalarni bajarishdi. Echinish xonasida aytilgan vazifani uddalashdi, ularga rahmat. O'yinda qarshi hujumda o'ynadik. Ammo hisob bizni foydamizga va barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- "Andijon" bosh murabbiyi "Qizilqum" vaziyat yarata olmaganini aytdi. Bunga siz nima deysiz?

- Hammani o'z fikri bor. Menda bunday fikr yo'q. Biz bitta imkoniyat bo'lsa, shundan gol urishni xohlaymiz. "Andijon"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Xudoga shukr, yuzimiz yorug' bo'ldi. G'alaba biz tomonda. Ularda imkoniyat ko'proq bo'ldi, ammo foydalana olishmadi. Biz ham Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'ynaganimizda 6-7 ta yaxshi vaziyatlarni yaratgandik. Bu safar ikkita vaziyatimizdan ikkita gol urdik. Yigitlardan minnatdorman.

Reyting:    

Fikrlar

   
09 noy 23:03:53
NEWS 24
Andijon tashlavordi pro ligaga tushib ketmasa boldi kelasi yildan umid qilinyapdi bu yil ochl maqsad kamida guruhdan chiqish lekin bu tarkib bilan juda qiyin na super ligada va na ochl da maksdan foyda yoq amallab mavsum tugagadan keyin xaydash kerak boshidan foyda siz qaror bolgandi
   
09 noy 22:47:34
Жамшид Jamshid
Андижон эртаги бу йил тугиди
   
09 noy 22:47:04
Shovruq88
Vijdonli Inson ekan! Aqlli murabbiy
   
09 noy 22:44:11
Saidjahon
Шу мураббийга койил ва рахмат ракиб жамоани хурмат килган холда интервю берибди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика