Mahmud Mahamadjonov: "Andijon"ga sovrinlar yutish uchun keldim"
07 fev 08:05
Yangiliklar
Mahmud Mahamadjonov: "Andijon"ga sovrinlar yutish uchun keldim"
Antaliyadagi yig'indagi mashg'ulotlarga kirishgan Maxamadjonov klub matbuot xizmatining savollariga javob qaytardi.
— Mahmudjon, siz endi “burgutlar” oilasining azosisiz. Buni his qilganingizda nimalarni o'ylayapsiz?
— Albatta, bu men uchun katta masuliyat va katta maqsadlarim tomon olib boradigan imkoniyat, deb umid qilaman. Endi bu yog'iga doim o'sishda davom etishga harakat qilaman.
— “Andijon” taklifini qabul qilishingizda nima jiddiy sabab bo'ldi?
— Bunga asosiy sabab jamoa oldiga faqat katta maqsadlar qo'yilayotgani va shu yo'lda katta ishlar qilinayotganidir. Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyining o'zi meni jamoada ko'rishni xohlayotgani “Andijon”ni tanlashimga sabab bo'ldi, deb o'ylayman.
— Yangi jamoangizda birinchi o'rtoqlik o'yiningizda ham maydonga tushdingiz. Ilk taassurotlar qanday?
— Albatta, birinchi o'yin doim qiyin kechadi. Lekin, o'ylashimcha, hammasi yaxshi bo'ldi. Kuchli jamoaga qarshi o'ynadik va natija ham qoniqarli bo'ldi, deb o'ylayman.
— Bu erga qanday maqsadlarni ko'zlab keldingiz?
— Avvalo, bu erga “Andijon” bilan Kubok va sovrinlarni yutishga keldim va yana eng katta maqsadlarimdan biri — shu erda o'ynab milliy terma jamoaning doimiy azosiga aylanish, legioner bo'lish va albatta muxlislar qalbidan yaxshi taassurot qoldirish.
— “Andijon”ga o'tishingiz haqida birinchi bo'lib kimga aytdingiz?
— Menimcha, hamma eng yaqinlariga aytadi. Men ham shunday qildim: otam va boshqa oila azolarim birinchi bo'lib xabar topishdi.
— Bu klubdan ilk taklifni eshitganingizda reakciyangiz qanday bo'ldi?
— Albatta, xursand bo'ldim. “Andijon” katta jamoaga aylanib bo'lgan.
— Futboldan zavqlanish uchun “Andijon” sizga ideal klubmi?
— Ha, albatta. Menimcha, futboldan zavq olib o'ynash uchun “Andijon” eng zo'rlaridan. Bunda esa “Ultras Burgut” muxlislarining o'rni juda beqiyos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar