Akmal Rustamov: "Beshinchi o'rindan ham yuqorida bo'lmoqchimiz"
11 mar 01:32
Yangiliklar
Akmal Rustamov: "Beshinchi o'rindan ham yuqorida bo'lmoqchimiz"
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuv qiyin o'tishi bilardik, chunki "Mashal" ikkita o'yindan beri yutqazyapti. Har qanday jamoa ikki mag'lubiyatdan so'ng uchinchi bahsga yanada jiddiy harakat qiladi. Og'ir o'yinda g'alaba qozondik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Bugun shogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Bizni sovuq havoga qaramay stadionga kelib qo'llab turgan muxlislarga alohida rahmat. O'yinimiz yaxshi chiqdi deb o'ylayman va 2:0 hisobida zafar quchdik.
- Bugun negadir Oleksiy Shebetunning o'yini chiqmagandek. O'tgan safar u berilgan vazifani bajarsa bo'ldi degandingiz.
- O'yinlar oralig'i kam bo'lmoqda. Avvalgi tur "Andijon" bilan bahsda ko'p kuch yo'qotdik. Shu bois birinchi navbatda jamoani jismoniy jihatdan bu o'yinga tayyorlashga harakat qildik. Shebetun ham boshqalar qatori harakat qilyapti. Jamoamizda uning o'rnini to'ldira oladigan hujumchilar bor. Bugun Shohruz Norxonov zaxiradan tushib o'zini ko'rsatdi va gol urdi. Futbolda shu: kimning o'yini chiqmasa, zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchi uning o'rnini to'ldirishi va shu orqali jamoa bir-biriga yordam berishi kerak bo'ladi.
- Qisqa muddat harakat qilgan G'iyosjon Rizaqulov haqida nima deya olasiz?
- G'iyosdan umidimiz katta. U olimpiya terma jamoasida o'ynaydi. Yaxshi harakat qilsa, o'yin vaqti oshib boradi va bir kun kelib jamoamiz etakchisiga aylanadi. Hammasi o'z qo'lida. Aytib o'tganimdek, undan umidimiz katta.

- Jamoa besh bor standart vaziyatni amalga oshirib, shundan faqat bittasida foydalandi. Bu nima degani?
- Nafaqat standart, balki to'pni autdan kiritish, burchak to'plari, jarima zarbalari - xullas hammasi bo'yicha ishlayapmiz. Birdaniga hammasi zo'r bo'lib qolmaydi, sekin-asta keladi deb o'ylayman. Xudo xohlasa, o'xshamagan narsalarni keyingi bahslarda o'xshatamiz.
- "Qizilqum" jamoasining bu yilgi maqsadi haqida?
- Bu haqda birinchi turdan keyin ham so'rashgandi. Rahbariyat jamoamiz oldiga beshinchi o'rin vazifasini qo'ygan, lekin biz yanada yuqoriroqdan joy egallashni xohlaymiz. Buning uchun oxirigacha harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar