"Neftchi" – "Andijon": 8 gol urilgan tarixdagi eng sermahsul derbini yodga olamiz
10 mar 12:44
Yangiliklar
"Neftchi" – "Andijon": 8 gol urilgan tarixdagi eng sermahsul derbini yodga olamiz
Bugungi kunda ulkan maqsadlarni ko'zlagan bu ikki jamoaning maydonda uchrashishi barchaning nigohini o'ziga jalb qiladi. Tarixdan misol, "Neftchi" - "Andijon" qarama-qarshiliklarida gollar shousi, jangovar duranglar ko'p kuzatilgan. Lekin 1994 yilgi vodiy derbisi shu paytgacha kechgan o'yinlar orasida eng sermahsuli hisoblanadi. Biz yodga oladigan bellashuvda muxlislar bir emas, ikki emas naqd 8 ta gol guvohiga aylanishgan. Atoyan dubl, Ravshan Bozorov xet-trik qayd etgan bo'lsa, Sergey Zavalnyuk, Dmitriy Ivangorodskiy bittadan to'p kiritgan. "Andijon"dan Orif Mamatkazin yagona golga mualliflik qilgan.

"Burgutlar" u vaqtda chempionatda "Navro'z" nomi ostida ishtirok etgan. "Neftchi" o'zining gegemonlik davrlarini boshidan o'tkazayotgan pallalar.
"Neftchi" - "Andijon" 7:1
11.07.1994. 15-tur
Gollar: Stepan Atoyan (dubl), Ravshan Bozorov (xet-trik), Sergey Zavalnyuk, Dmitriy Ivangorodski — Orif Mamatkazin
1994 yilda Superligada (Oliy Liga) 16 ta jamoa ishtirok etgan. "Neftchi" mavsumni 51 ochko bilan chempion sifatida yakunlagan, "Andijon" esa 25 ochko to'plagan holda 11-o'rinni egallagan. Farg'onaliklar hujumchisi Ravshan Bozorov 26 ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinni egallagan.

"Neftchi" — 1994: Akmal Abdurasulov, Vladimir Andreev, Sergey Andreev, Stepan Atoyan, Ildar Axtyamov, Ravshan Bazarov, Igor Volkov, Abdusamad Do'rmonov, Rustam Do'rmonov, Sergey Zavalnyuk, Dmitriy Ivangorodskiy, Vladislav Ivanov, Nematulla Qutiboev, Sergey Lebedev, Aleksey Manuylenko, Andrey Miklyaev, Eduard Mamotov, Sergey Ni, Nariman Osmanov, Aleksandr Pisarev, Aleksandr Sayun, Aleksandr Tixonov, Andrey Fyodorov, Vladislav Filippov, Valentin Chuxnov
"Andijon" ("Navro'z") — 1994: Rustam Abdiev, Davron Babaev, Ilgiz Galiev, Igor Golovanov, Anvar Jabborov, Sergey Zubenko, Yoqubjon Iminov, Farhod Qodirov, Bahodir Karimov, Otabek Qilichev, Vitaliy Legay, Ismoiljon Malikov, Orif Mamatkazin, Dilshod Mamatqulov, Muzaffar Rahimberdiev, Bahodir Rahmonov, Rustam Sobirov, Karen Safarov, Vladislav Frank, Fazliddin Shoimqulov, Baxtiyor Yo'ldoshev.
Malumot uchun, bugungi o'yin soat 19:00 da Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar