So’nggi yangiliklar

00:53"Реал" "Ливерпуль” юлдузини кузатишда давом этмоқда  0 23:55А Серия. "Рома" меҳмонда "Женоа"га мағлуб бўлди  2 23:43"Милан" — "Интер". Таркиблар маълум  3 23:42ПСЖ ўйинларига қалбаки чипталар тайёрлаб сотганликда гумон қилинган шахс қўлга олинди  0 23:23Фоден "Барселона"га ўтиши мумкин  0 22:55Испаниялик юлдузнинг тренажёр залига кириши тақиқланди  0 22:33"Реал" Родрини ўз сафига қўшиб олмоқчи эмас. "Сити" хавбеки мадридликларнинг режасида йўқ  0 21:48Германияда мухлислар ВАРни токдан узиб қўйгани учун ҳакам баҳсли вазиятни монитордан кўра олмади  1 20:45Эрон аёллар терма жамоаси футболчилари хоинга чиқарилди, улар қатл этилиши мумкин  14 20:28Туркманистон кубогида ярим финалчилар аниқланди  4 20:03Модрич оиласи ва дўстлари, жумладан Манжукич учун “Интер”га қарши дерби учун 60 та чипта сотиб олди  4 19:53"Каттақўрғон" ўтган мавсум Қирғиз Республикасида ўйнаган футболчи билан шартнома имзолади  2 19:20Футбол академиялари ўртасидаги Ўзбекистон кубоги ўз ниҳоясига етди  3 18:58Брандт АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  4

Mirjalol Qosimov: "Ruminiya va Moldova klublariga qarshi o'ynashni istamayman. Jamoani 13 nafar futbolchi tark etdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ruminiya va Moldova klublariga qarshi o'ynashni istamayman. Jamoani 13 nafar futbolchi tark etdi"

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.

– Ikkinchi xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari boshlandi. Mana bugun ilk nazorat o'yini CSKA jamoasiga qarshi kechadi. CSKA yaxshi shakllangan jamoa. Hozir musobaqa jadvalini ham ko'rib chiqdik, Rossiya premer-ligasidagi nomdor jamoalar bilan birgalikda o'sha chempionatda ishtirok etyapti. Umuman, hozir yog'ayotgan yomg'ir qanchalik rejalarni o'zgartirib yuboryapti?

– Allohga behisob shukur, endi bu tabiatning inoyati. Ertalab kuchli jala bo'ldi va ko'p o'yinlar qoldirildi deb eshitdik. Xavotir bor edi. Allohga shukur, peshindan keyin havo ochilib, o'yinimiz qoldirilmaydigan bo'ldi, hozir maydonga tushadigan bo'ldik, ruxsat berishdi. Albatta, eng keraklisi, shundan to'g'ri foydalanish.

– Birinchi yig'in Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan edi. Ikkinchi xorij yig'in Turkiyada. Ayrimlar bir oylab mashg'ulotlarni o'tkazishyapti, hamma o'zining rejasidan kelib chiqadi. Nima sababdan birinchi yig'in Abu-Dabi, ikkinchisi bu erda o'tkazilmoqda?

– Ancha yillar oldin, adashmasam, "Bunyodkor" bilan kelganimizda, uch-to'rt kunlab shunday ob-havo sababli rejalar o'zgarib ketgandi. Jamoalar ko'p, maydon sifati suv bosgandan keyin yaroqsiz holga kelgan... Yomg'ir to'xtamay, haftalab yoqqanidan keyin jamoalar faqat bitta mashg'ulot zaliga bog'lanib qolardi. Jamoalar ko'pligidan urush-janjallar bo'lardi. Shundan xulosa chiqarib, keyinchalik, har doim "Bunyodkor"da ham birinchi o'quv-yig'in mashg'ulotlarimizni Arab Amirliklarida o'tkazardik. Keyingi fevral oyida har doim Antaliyada yig'in tashkil qilinardi. Havo ancha yaxshi bo'lardi. Bir necha yil avval shunaqa qor yoqqan va mashg'ulot o'tkazishga imkon bo'lmay, jamoalar xonada qolib ketishgan. Shuning uchun xorij mashg'ulot o'tkazganda hamma taraflama o'ylab, imkoniyatdan kelib chiqib, ob-havoni ham o'ylab, tashkil etiladi. Mana "Dinamo" birinchi yig'inni ham, ikkinchisini ham Dubayda o'tkazdi. Negaki, hozirda Rossiya jamoalari birinchi davra bilan ikkinchi davraning oralig'ida tayyorgarlikni o'sha erda olib borishyapti. Ko'p jamoalar hozir Dubayda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishyapti.

– Odatda, nazorat o'yinlari uchun raqiblarni tashkilotchilar tanlashadi. Raqib tanlashda bosh murabbiy sifatida asosiy etibor nimaga qaratiladi?

– Men Ruminiya jamoalar bilan kuch sinashishni bilan xohlamayman. Sababi, avvallari bu Mamlakat jamoalari bilan ko'p janjal bo'lgan. Bundan ham to'g'ri xulosa chiqarib, iloji boricha Ruminiya va Moldova jamoalari bilan duch kelishni xohlamayman. Qo'shni davlat, "qarindosh-urug'chilik" deydi-ku, u yoqda ham, bu yoqda ham futbol emas, bir-biriga jarohat etkazish, urushlar ko'p bo'lib qolardi. Shuning uchun ham bu jihatlarga etibor qaratamiz. Ko'proq Rossiya, Serbiya yoki qo'shni Qozog'iston yoki Qirg'iziston jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari belgilaymiz. Yoki gruzinlar bilan. Har bir davlatning o'z futbol yo'nalishi bor. Shunga qarab turib tanlaniladi. Har doim ham siz xohlagandek bo'lavermaydi. Chunki bazi jamoalar oldindan reja tuzgan bo'ladi. Dubayda qiynaldik. U erda "Alaniya"da o'ynab yurgan kezlarim jamoada ishlagan Aleksandr Stirlix degan kishi bilan gaplashdik. "Biz o'quv-yig'in mashg'ulotlarini avgustning oxirida va sentyabr oyida rejalashtirib bo'lganmiz", dedi. Aslida shunaqa bo'lishi kerak.

– Jamoa tarkibida sobiq shogirdingiz Siyavash Haqnazariy ko'zga tashlandi. Uning qolishi qanchalik haqiqat?

– Uni ko'rikda desak ham bo'ladi. Siyavash jamoasiz qolib ketdi. Individual shug'ullangani boshqa, jamoaviy mashg'ulot boshqa. Shu bois hozir safimizda mashg'ulot o'tkazmoqda. Barchasi o'ziga bog'liq, uning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. 

– Jamoa tarkibini deyarli shakllantirib oldingizmi yoki kimdir qo'shilishi mumkinmi?

– Jamoani kuchaytirishni xohlaymiz. Lekin hozirgi kunda qo'l ostimdagi yigitlardan foydalanamiz deb o'ylayman. Nimagaki, o'tgan yili, adashmasam 13 nafarga yaqin futbolchi jamoani tark etdi. Sababi, ular so'ragan mablag'ni qondirishga imkonimiz yo'q. Futbolchi karerasi davomida ishlab qolish kerak, chunki faoliyati qisqa bo'ladi. Ular omad tiladik. 13 kishi degani bir jamoa degani. Bu holat birinchi marta sodir bo'lmayapti. Xudo xohlasa jamoa shakllanadi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Allohga tavakkal. Malakali o'yinchilar ketishdi. Ular OKMKda futbolchi sifatida yaxshigina o'sishdi. Boshqa jamoalardan yaxshi taklif bo'lgani uchun ularni ushlab qololmadik. Talabini qoniqtirolmadik. Shu bois jamoaga yoshlarni jalb qilyapmiz, lekin jamoa shakllanadi. Oxirigacha kurashamiz.

– Qura har doim bo'ladi, hamma bilan baribir o'ynab chiqamiz deyiladi-ku. Lekin bu yilgi mavsum boshqacharoq bo'lyapti. Judayam tig'iz taqvim, jahon chempionatigacha bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborish kerak. Bu jamoalarga qo'shimcha bir bosim yuklaydimi?

– Yo'q, nega? Bu avvalambor milliy terma jamoamiz manfaati uchun. Qolaversa, O'zbekiston chempionati milliy terma jamoa manfaati uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham, bunga ko'nikamiz. Hech qanaqa yomon tarafini ko'rmayapman. O'yinlar orasida to'rt-besh kunlik mikrocikl bo'lyapti. Bu yomon emas. Futbolchilar mashg'ulotdan ko'ra o'yin o'tkazishni yaxshi ko'radi. Shu bois bu foydaga ishlashi mumkin. Baribir hamma jamoa bilan o'ynashimiz kerak. Bor kuchimizni ishga solamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

+2   
08 fev 07:46:57
Samsung
Мужик. Легенда. Бир кун барибир Пахтакорга қайтишларини хоҳлардим.
+2   
08 fev 06:54:26
Nurmatov Muhammadamin Tursunali
Sarlavhani oʻqigan odam: "Mirjalol Qosimov bir oʻzi oʻynarkan degan xulosaga keladi-ye".
+1   
08 fev 14:14:25
Сардор Саданов
Samsung foydalanuvchining fikriga javob berish
Мужик. Легенда. Бир кун барибир Пахтакорга қайтишларини хоҳлардим.
Мен жуда куп йиллардан бери уйланаман Миржалол ака нимага пахтакорга якинлашмайди хайррнман бунга арзирли сабаб булиши кк менимча . Фаолиятини хам пахтакорда эмас машьалда тугатди . Миржалол ака ни пахиакорга кайтишини мен хам жуда истаймвн . Миржалол ака мен учун тирик афсона!!!
+1   
08 fev 10:51:52
Umidjon Raxmatov
Миржалол косимовни уйинларини куриб мазза килардик ,футболчилар урнак олсин шу кишидан
+1   
08 fev 07:38:16
Акмал Аляров
Миржалол Қосимов барибир Ўзбекистонда легенда,яхши инсон хурматим роса баланд,унга ва жамоасига омад тилайман
   
10 fev 06:45:52
Samsung
Сардор Саданов foydalanuvchining fikriga javob berish
Мен жуда куп йиллардан бери уйланаман Миржалол ака нимага пахтакорга якинлашмайди хайррнман бунга арзирли сабаб булиши кк менимча . Фаолиятини хам пахтакорда эмас машьалда тугатди . Миржалол ака ни пахиакорга кайтишини мен хам жуда истаймвн . Миржалол ака мен учун тирик афсона!!!
Ўша пайитлар Пахтакор раҳбарлари Миржалол акани олиб қолишмаган клубда ва уьар Машьалга бориб тугатганлар фаолиятларини. Кейин мураббийликка ҳам Қурувчи таклиф қилган. Пахтакор ва қурувчи ўйинлари эса жанг, тўпалонларга айланиб ўзаро душманлик юзага келган. Бу фақат Раҳбарият, мухлислар ва футболчилар ўртасида бўлган. Миржалол ака ҳеч қачон Пахтакорга душманлик вилолмасдилар. Лекин рахбариятнинг қора рўйҳатига тушганлар барибир. Мана раҳбарият ўзгариб кетган, душманликлар тугаган бўлсаям ҳалигача Пахтакор ўз афсонасини қайтармаяпти. Ҳозир айни вақти эди, бу тупойлар бўлса Кападзега чиқишди.
   
08 fev 14:01:01
Азим Исмаилов
Руминлар ва молдованларни цыганлар(лулилар) дейишади шунинг учун куп жанжал булади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика