So’nggi yangiliklar

13:40Гвардиола "Реал" билан ўйин ҳақида: "Менга "қасос" сўзи ёқмайди. Бу "Ман Сити" учун яхши синов. Агар Мбаппе бўлмаса, Винисиус ёки Родриго бор"  0 13:13"Реал" ва "Барселона" собиқ футболчиси энди Қирғизистон миллий терма жамоасини бошқаради  2 13:00Transfermarkt ва Championat.asia 2025 йилнинг энг яхшиларини аниқлашди   4 12:30"Челси" "Барса" устидан қозонилган 3:0 ҳисобидаги ғалабадан сўнг кетма-кет 4 та ўйинда ғалаба қозона олмади  6 11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  2 11:15“Fair-play”ни “Машъал”га беринглар  11 10:46Германия МТЖ аъзоси келажаги борасида бир қарорга келди  1 10:15Европанинг ТОП клуби Рамосга таклиф юборди  4 09:46Кейннинг "Бавария"даги келажаги маълум  0 09:20Флик жамоасининг Чемпионлар Лигасидаги ғалабасига муносабат билдирди  3 08:52Месси навбатдаги совринига эга чиқди  16 08:26"Динамо" етакчиларидан бири жамоани тарк этди  3 08:00Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026даги эҳтимолий рақиби Конго ДРнинг Африка Миллатлари Кубоги учун қайдномаси маълум  23 07:29Суперлига плей-офф. Бугун "Арал"нинг рақиби маълум бўлади  14

JCH U-17. O'zbekiston Irlandiyaga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

JCH U-17. O'zbekiston Irlandiyaga imkoniyatni boy berdi

JCH U-17 "J" guruh 2-tur doirasida Irlandiya - O'zbekiston o'yini bo'lib o'tdi.

JCH-U17. "J" guruhi. 2-tur.

Doha. "Aspire Academy". 9 maydon.

Irlandiya — O'zbekiston 2:1

Gol: Abubakir Shukurullaev 19', Gredi Makdonnell 32', Maykl Nonan 75',

Bosh hakam: Merife Abdu (Kamerun)

Yordamchi hakamlar: Roble Eleye, Doe Joel (Jibuti)

Zaxira hakami: Hamza Al-Foriq (Marokash)

Komissar: Gupta Avi (Hindiston)


Irlandiya: 1.Alek Nonan, 4.Oysin Makdonag, 5.Vinni Leonard, 6.Rori Finneran, 7.Gradi Makdonnell (s), 9.Maykl Nonan, 10.Ramon Martos, 11.Jeyden Ume, 12.Rayan Batler, 13.Ade Solanke, 17.Maks Kovalyovskis

Zaxira: 16.Jorj Molone, 21.Kore Sheridan, 2.Josh Kullen, 3.Finn Sherlok, 8.Kian Makmaxan-Braun, 14.Gavin Makatir, 15.Viktor Ojianvuna, 18.Brodi Li, 19.Godnes Ogbonna, 20.Sin Spayt

O'zbekiston: 21.Nematulloh Rustamjonov, 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo'minxon Baxodirxonov (s), 7.Sadriddin Hasanov, 10.Muhammad Habibullaev, 11.Sayfiddin Sodikov, 13.Abdulmalik Anvarov, 15.Muhammadali Musaxanov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov

Zaxira: 1.Ibrohim Shokirov, 12.Baxodir Izbaskanov, 2.Qahramon Turg'inov, 5.Amirxon Muradov, 6.Mirzaziz Abdukarimov, 8.Abdusamad Saidov, 14.Behruz Saidmurodov, 17.Jamshidbek Rustamov, 20.Asilbek Aliev, 9.Nurbek Sarsenbaev


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Afsuski, Islombek Ismoilov shogirdlari. irlandiyalik tengdoshlariga 2-1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

90+2. Ogohlantirish. Jamshibdek Rustamov hakam tomonidan ogohlantirildi.

Bosh hakam ikkinchi bo'limga olti daqiqa qo'shib berdi.

88. Ogohlantirish. Amirhon Murodovga maydon markazidagi qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

85. Rustamov burchak zarbasini amalga oshirdi. Murodovning zarbasi esa darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

84. O'zgarish! Azizbek Erimbetov o'rniga Amirhon Murodov maydonga tushdi.

83.  Bahodirhonovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

75. GOL! Maykl Nonanning goli Irlandiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

73. O'zgarish! Muhammad Habibullaev o'rniga Jamshidbek Rustamov maydonga tushdi, Sadriddin Hasanov o'rnini Abdusamad Saidov egalladi.

71. Nematulloh Rustamjonov raqibning xavfli zarbasini bartaraf etdi.

67. Nematjonov burchak zarbasidan oshirilgan to'pni egallab oldi.

65. Sodiqovning qanotdan uzatgan pasini yakunlaydigan futbolchi topilmadi.

62. Abubakir Shukurullaev o'ng qanotdan darvoza tomon zarba yo'lladi. Raqib darvozaboni esa zarbani qaytarib yubordi, qaytgan to'pga Muhammad Habibullaev ega chiqdi, biroq himoyachilar Habibullaev zarbasini to'sishdi.

61. O'zgarish! Azizbek Abdumo'minov o'rniga Asilbek Aliev maydonga tushdi.

57. Sayfiddin Sodiqov raqib jarima maydonchasida yiqildi, ammo bosh hakam vaziyatga etibor qaratmadi.

51. Irlandiya qanotdan hujum uyushtirdi, ammo darvozaga yo'llangan zarba o'ta noaniq.

46. Jarima zarbasidan o'zatilgan to'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi.

45. Irlandiya tarkibida o'zgarish. Maks Kovalyovskis o'rniga Viktor Ojianvuna maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+4. Oysin Makdonagning qo'liga to'p tepdi va terma jamoamiz VAR challenge imkoniyatidan foydalandi, ammo bosh hakam 11 metrlik zarba belgilamadi.

Birinchi bo'lim yakuniga to'rt daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45+2. Rori Finneran Rustamjonov darvozasi tomon kuchsiz zarba yo'lladi.

45. Azizbek Abdumo'minov burchak zarbasi ishlab oldi.

41. Sayfiddin Sodiq o'z qanotidan hujum uyushtirdi, ammo raqib himoyachisi pasni bartaraf etdi. Burchak zarbasi bizning foydamizga.

40. Ogohlantirish! Azizbek Abdumo'minovga maydon markazidagi qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

35. Terma jamoamiz to'pni ko'proq nazorat qilmoqda.

32. GOL! Uchrashuvda hisob tenglashdi. Chap qanotdan uzatilgan to'pni Gredi Makdonnell boshi bilan darvozamizga joylab qo'ydi.

Islombek Ismoilov bosh hakam qarorlaridan norozi. Bosh murabbiy hissiyotlarga berildi, yordamchi hakam esa murabbiyimizni tinchlantirdi.

25. Irlandiya o'yinni nazorat qila boshladi.

19. GOOOOOOOLLLLL!! Abubakir Shukurullaev maydonga markazida to'pni olib qo'ydi va hujumni boshladi. Hujum esa gol bilan yakun topdi. Gol muallifi ham Shukurullaev.

16. Irlandiya chap qanotdan hujum uyushtirdi, ammo bosh bilan yo'llangan zarba noaniq edi.

14. Sayfiddin Sodiqov raqib darvozaboni bilan birga-birga chiqdi, ammo irlandiyalik darvozabon zarbani bartaraf etdi.

13. Maks Kovalyovskis o'ng qanotdan pasni amalga oshirdi, ammo Rustamjonov to'pni osonlikcha ushlab oldi.

9. Abdulmalik Anvarov havodagi to'qnashuvda boshi bilan raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Shifokorlar maydonda.

7. Terma jamoamiz to'pni raqibdan ko'ra ko'proq nazorat qila boshladi.

Arsen Venger o'smirlarimizning o'yinini bevosita stadiondan kuzatmoqda.

4. Abdulmalik Anvarov temar jamoamizning dastlabki zarbasiga mualliflik qildi. Uzoq masofadan yo'llangan zarba noaniq chiqdi.

2. Irlandiya burchak zarbasi ishlab oldi.

1. Uchrashuvdagi dastlabki fol Irlandiyaga foydasiga bo'ldi.

1. O'yin boshlandi. Olg'a, O'zbekiston!

Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi va ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Uchrashuv boshlanishiga sanoqli soniyalar qoldi.

Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. 

Gol: Abubakir Shukurullaev 19'



Reyting: +10   

Fikrlar

+19   
08 noy 21:49:00
Жамшид Ярашов
Шеф! foydalanuvchining fikriga javob berish
Отарчиларни стадиондан хайдаш керак. Фақат асаб тегяпти.
Тўғри айтасиз.ЎФАга айтиш керак бу барабанларни олиб ташлаш керак кавказ асираси миллион алых роз нима керак ўзи умуман тушунмайман
+15   
08 noy 21:07:26
Шеф!
Отарчиларни стадиондан хайдаш керак. Фақат асаб тегяпти.
+11   
08 noy 21:40:04
Zohidjon Usarov
Йигитлар шошиб куп хато киляпти жисмоний тайёргарлик хам жуда зур эмас.
+10   
08 noy 22:44:22
Азим Исмаилов
Бизниларни Ирландия пастга туширди Бу бизга худо хохласа факат фойда булади
+8   
08 noy 21:37:15
Bek Bek
Yaqqol Penalti edi Bermadi Hakam. Hakamga e'tirozlar kop, kop jabhada Irlandiyaga yon bosyapti. Hakamlar bilan ham kurashamiz ekan shekilli bu turnirda
+7   
08 noy 23:03:44
Farid
Yutganda maqtab yutkazganda yer bilan bir qilmaylik akalar ! Bu bollar endi futbolga kiryapti. Xali musobaqa xam oldindan ! Olga yigitlar biz siz bilan. Olg'a Islombek
+7   
08 noy 22:47:23
R Kamolv
Илтимос бунака бемани мусикаларни йигиштиринглар жими жими жими хажа хажа хажа шухам мухлисликми ундан бура бирорта мазмунли ватанни эслатадиган мусикангни чал бефаросатлар
+7   
08 noy 22:45:52
Soccerland777
kuchimiz yetmadi.
+7   
08 noy 22:30:59
Jasur Uzb
Жамшид Ярашов foydalanuvchining fikriga javob berish
Тўғри айтасиз.ЎФАга айтиш керак бу барабанларни олиб ташлаш керак кавказ асираси миллион алых роз нима керак ўзи умуман тушунмайман
Abduraxmon fozilovni yo‘qotish kerak. Ko‘zi blaaaa
+6   
08 noy 22:50:11
Rasul Xasanov
Бугун Узбекистон узига ухшамади пас беришда брак хаддан зиод куп жахон чемпионатни олдидан 5та уйинчини алиштириб олиб кетди чемпион составдан балки шундандир уйинчиларни юзида олов курмадим жуда ланж уйнашди Мураббий ютказди
+6   
08 noy 19:39:10
o1o
Omad ukalarim biz duodamiz
+5   
08 noy 22:43:20
R Kamolv
Мана бизни Махалий мураббийларни ахволи захирани ахволихам 0 бу мурабийни маглубияти захирани кучайтиролмаган ку́п холларда Футболчилар бир бирларини тушунмаябди хутди бугун кургандек бир бирларини
+4   
09 noy 00:23:30
Isroiljon Qosimov
Негативмас бу хақиқат,Ислом Исмоилов болаларни тайёрлай олмаган ЖЧга.Жисмонан ўта ночор холатда.
+4   
08 noy 23:14:20
Redminote13
Ирландия Панамага қандай голлар урган бўлса бизга хам худди шундай усулда иккита гол урди, 9 рақамли ўйинчиси хар сафар бўш қолдирилди ва марказга тўпни узатди. Бу бизни мураббийни хатоси. Баъзи ўйинчиларимиз халитдан оз бўлсада юлдузлик касалига чалинибди. Бизникилар ўта ўзига ишонвариш яхшиликка олиб келмаслини билиб олган бўлса бўлди.
+4   
08 noy 21:41:17
Soccerland777
Каннаваро таркибни эълон қилди!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика