

Enco Mareska jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasidagi bahsda safarda "Atalanta"ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Bunga qadar "Arsenal" (1:1) va "Bornmut" (0:0) bilan duranglar qayd etilgan, "Lids"ga esa mag'lub bo'lishgan edi (1:3).
So'nggi g'alaba YCHLning o'tgan turida "Barselona" ustidan qo'lga kiritilgan (3:0).
"Ko'klar" navbatdagi uchrashuvni 13 dekabr kuni APL doirasida o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'tkazadi.



