So’nggi yangiliklar

12:02"Қўқон-1912" бош мураббийи билан хайрлашди  0 11:48Ишли ва ишсиз ПРОфессионаллар  0 11:43Артета "Арсенал" футболчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  0 11:22Футзал бўйича Ўзбекистон чемпионатининг 6-турида 120 та гол урилди   2 10:45Башар Ресаннинг "Пахтакор"даги келажаги маълум  3 10:17Гвардиола "Реал"ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  4 09:43Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  11 09:155 та жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди  2 08:42EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  5 08:10"Андижон" вакиллари Грузия кубогининг финалида кимларни кузатгани боргани маълум  7 07:37Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 04:00Мундиал тарихи. Футболчи сувга тушиб кетган, майдон четидаги полиция голли узатма берган ҳамда мураббийлар ҳакамлик қилган илк жаҳон чемпионатини ёдга оламиз  0 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" яна ғалаба қозонди, ПСЖ ва "Атлетик" дуранг қайд этишди ва бошқа натижалар  12 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди  139 01:05ЕЧЛ. "Вильярреал" "Копенгаген"га ютқазди, "Аякс" "Қорабоғ"ни енгди  1

Gvardiola "Real" bilan o'yin haqida: "Menga "qasos" so'zi yoqmaydi. Bu "Man Siti" uchun yaxshi sinov. Agar Mbappe bo'lmasa, Vinisius yoki Rodrigo bor" Yangiliklar

Gvardiola "Real" bilan o'yin haqida: "Menga "qasos" so'zi yoqmaydi. Bu "Man Siti" uchun yaxshi sinov. Agar Mbappe bo'lmasa, Vinisius yoki Rodrigo bor"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan raqibdan o'ch olish haqida o'ylamayotganini aytdi.

O'tgan mavsumda "Madrid" pley-offning birinchi bosqichida ikkita g'alabaga erishib (3:2, 3:1), "Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. "Qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappe oyog'idagi og'riq sabab chorshanba kungi bahsda ishtirok etmasligi mumkin, hujumchi jamoaning umumiy guruhida shug'ullanmadi.


– Mbappening yo'qligi sizni xotirjam qilyaptimi? O'tgan yildan keyin o'ch olish istagi bormi?

– Men Mbappesiz "Real"ga qarshi ko'p marta o'ynaganman va ularda doim ajoyib tarkib bo'lgan. Biz ularga emas, o'zimizga etibor qaratishimiz kerak. Men "Real"ga qarshi ko'p marta o'ynaganman, yutganman va yutqazganman. Ammo "qasos" – men ishlatishni yaxshi ko'radigan so'z emas.

Ertangi o'yin – biz uchun yaxshi sinov va biz jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqchimiz, chunki bu juda muhim va qiziqarli chorlov.


– Agar Mbappe maydonda bo'lmasa, ko'p narsa o'zgaradimi?

– Yo'q. Mbappe – o'zgacha futbolchi, agar u "Real" safida bo'lsa, bu jamoa uchun yaxshiroq bo'ladi. Ammo bo'lmasa, Vinisius yoki Rodrigo bor... Ularda juda yaxshi futbolchilar jamlangan. Kim o'ynashidan qati nazar, bizga qiyin bo'ladi. Biz ularning xarakterini, ushbu stadionda o'ynash qanchalik og'ir ekanini bilamiz.


– Hozir "Bernabeu"ga kelish uchun eng yaxshi vaqtmi?

– Menda bu savolga javob yo'q, chunki o'z tajribamdan kelib chiqib aytsam, "Real"ga qarshi o'ynash har doim qiyin. "Siti"ga kelganimdan beri ularga qarshi besh yoki olti marta o'ynadim va har doim qiyin bo'lgan.

Ayniqsa, jamoaning sport formasi katta ahamiyatga ega bo'lmagan ushbu turnirda. Chunki bu futbolchilar muhim o'yinlarda o'z o'yin darajasini oshirishadi. Men "Real"dan ajoyib o'yin kutyapman va bu erda o'ynash qanchalik qiyinligini shaxsiy tajribamdan bilaman.


– Hozirgi "Real" o'tgan mavsumdagisidan nimasi bilan kuchliroq?

– To'g'risini aytsam, men bu mavsumda "Real"ning ko'p o'yinlarini ko'rganim yo'q. Biladiganlarim shu hafta davomida ko'rganlarimizga asoslangan. Ular ko'proq pressing qilmoqda, yakkama-yakka o'ynamoqda. Ertaga ular shunday qilishadimi yoki yo'q, bilmayman.

Lekin shuni aniq bilamanki, ushbu stadionda o'ynash har doim og'ir. Va bu qiziqarli uchrashuv bo'ladi, – dedi Gvardiola.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
10 dek 16:01:20
Fergana uzb
Пеп бизга Хусановни асосийда тушир, шуниси мухим
+1   
10 dek 15:23:33
Zuxriddin Yusufxonov
Админлар ёзувларни тўғирлаш ёки ўчириб ташлаш функциясини қўшиб қўйинглар
+1   
10 dek 15:21:00
Zuxriddin Yusufxonov
Жароҳатлар гирдобига ботган Реалда ютиш имконияти сал пастроқ, Мбаппе бир нима қилиб юбориши мумкун, чунки хозирги кунда, яқин 3 4йил ичида ўйин тақдирини ўзгартириб юборадиган ўйинчи бўлса у ҳам Мбаппе, Холанд вини, Ямал ва бошқалар Мбаппе даражасида бўлмаган ва бўлмайди ҳам, Мбаппе Месси Роналду дарасижаги ўта яқин ўйинчи. Агар бугун Мбаппе ўйнамаса Сити осонликча ютади, Мбаппе ўйнаса ҳам ютиши мумкун, агар Мбаппени ўйини чиқиб қолса Ситига қийин бўлади
   
11 dek 00:09:16
Asad
Реамчиларни жахли чикияпти бугун кокади Сити
   
10 dek 23:30:20
Nod34 34
Yutasan yutasanov
   
10 dek 18:54:22
Барса1970
Zuxriddin Yusufxonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Админлар ёзувларни тўғирлаш ёки ўчириб ташлаш функциясини қўшиб қўйинглар
Тўппа тўғри бир харфи хато кетса маъноси ўзгариб қоляпди админлар хатосини тахрирлаш ёки ўчиришни киритинглар
   
10 dek 18:09:32
Umid Tursunov
Husanov ozi Atletikoni futbolchisi ekan u yerda hamma ozini ishini qiladi... Gvardiyola himoyachidan kop narsa talab qiladi va himoyachilar kop jarohat oladi lekin anu kalga gitara olib keymesanmi orniga boshqa futbolchi olib keladi
   
10 dek 15:36:08
Umurzoqov Begali
Zuxriddin Yusufxonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Жароҳатлар гирдобига ботган Реалда ютиш имконияти сал пастроқ, Мбаппе бир нима қилиб юбориши мумкун, чунки хозирги кунда, яқин 3 4йил ичида ўйин тақдирини ўзгартириб юборадиган ўйинчи бўлса у ҳам Мбаппе, Холанд вини, Ямал ва бошқалар Мбаппе даражасида бўлмаган ва бўлмайди ҳам, Мбаппе Месси Роналду дарасижаги ўта яқин ўйинчи. Агар бугун Мбаппе ўйнамаса Сити осонликча ютади, Мбаппе ўйнаса ҳам ютиши мумкун, агар Мбаппени ўйини чиқиб қолса Ситига қийин бўлади
Oldindan aniq aytib tashlamang!!! Muxlis oʻz jamoasiga umid bilan aytadi yani taxmin qiladi!! Lekin bunaqa vangalik yaxshimas!!! Oʻyindan keyin gaplashamiz
   
10 dek 15:33:12
Umurzoqov Begali
Sity bn Gvardiola Real Madridga qarshi YChL da 5 bor toʻqnashgan(har biri 2 tadan oʻyin) 2 marta chiqarib yuborgan 3 bor oʻzi chiqib ketgan. Toʻplar nisbati 19 ga 17 Real koʻproq urgan!!! Mbappe deydiganlar uchun Real Madrid har qanday holatda ham Real Madrid istalgan jamoani yuta oladi
Men gʻalabaga ishonaman Hala Madrid!!!!
-1   
10 dek 15:54:49
Deny Dent
Real doim yorgan yutadi ham

Oʻzi Barcacha fikrlaydiganlar oʻrnini topa olmay yuripti
Barsani oʻyinchlarini Uzbda Translatsiya qilmaslik kerak. Faqat Real Niki yetadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика