JCH-2026 o'yinlarida ob-havodan qati nazar, har bir taymda uch daqiqalik suv ichish uchun tanaffuslar bo'ladi
08 dek 22:37
Yangiliklar
JCH-2026 o'yinlarida ob-havodan qati nazar, har bir taymda uch daqiqalik suv ichish uchun tanaffuslar bo'ladi
JCH-2026 uchrashuvlarida suv ichish uchun tanaffuslar bo'ladi.
AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan JCH-2026 o'yinlarining har bir taymida jamoalarga suv ichish uchun bir martalik uch daqiqali tanaffus beriladi.
Tanaffus taymlarning qoq o'rtasida amalga oshiriladi.
Ushbu tashabbus barcha tomonlar, jumladan FIFA tibbiy xizmati tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Bu chora futbolchilar xavfsizligini taminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, FIFAda takidlanganidek, jamoalar uchun teng sharoitlarni taminlash maqsadida tanaffuslar ob-havo yoki harorat sharoitlariga bog'liq bo'lmaydi.
Tanaffuslar paytida o'yin vaqti to'xtatilmaydi, ammo har bir taym yakunida buning uchun uch daqiqa vaqt qo'shib beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar