So’nggi yangiliklar

17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  0 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  0 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  9 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  1 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  3 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  11 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  20 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  24 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  9 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1

“Fair-play”ni “Mashal”ga beringlar Yangiliklar

“Fair-play”ni “Mashal”ga beringlar

Futbol faqat gollar va ochkolar raqobati emas. U avvalo intizom, halollik, sport tamoyillari va maydondagi madaniyat bilan o'lchanadi.

2025 yilgi O'zbekiston Superligasi mavsumi aynan shu jihatdan bir jamoani alohida ajratib ko'rsatdi. Gap Muborakning “Mashal” jamoasi haqida ketmoqda.

Mavsum davomida turli qiyinchiliklar, begona maydonlar, kuchli raqiblar va turli bosimlarga qaramasdan, “Mashal” futbolga xos eng muhim qadriyatlarni saqlab qoldi. Shu boisdan ham “Fair-play” mukofotiga eng munosib nomzod aynan shu jamoa ekaniga sabablar etarlicha.

Qizil kartochkasiz o'tgan butun mavsum

Mavsumning eng qiziq va ahamiyatli statistikalaridan biri shuki, “Mashal” Superligada qizil kartochka olmagan yagona klub bo'ldi. 30 turlik marafon davomida muborakliklar futbolchilari bor-yo'g'i 51 marta sariq kartochka bilan jazolandi, xolos.

Bu shunchaki raqam emas. Bu – maydondagi intizom, o'zini tuta bilish, ehtirosni nazorat qilish va hakam qarorlariga hurmat namunasidir. Qizig'i, bunday natija o'tgan yili Navoiyning “Qizilqum” jamoasi tomonidan qayd etilgandi. Demak, “Mashal” ushbu ijobiy ananani munosib davom ettirdi. Nima uchun mazkur klub “Fair-play”ni olishi kerak degan savolga birinchi javob shu edi.

Sport principlari ustuvor qo'yildi

Bu yil Superligada Qashqadaryo viloyatidan uchta jamoa ishtirok etdi. Oxirgi bor bunday holat 2017 yilda kuzatilgan. Oddiy qilib aytganda, bir hudud jamoalari o'rtasidagi o'yinlarda bazan yashirin  “hurmat” sezilib qoladi.

Biroq “Mashal” bu qoidani sindirdi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Nasaf”ga qarshi bahsda muborakliklar maydonda haqiqiy jang taklif qilishdi. Hech qanday tashqi omil, turnir jadvali yoki qo'shnilik munosabatlari tasir etmadi. Yakunda “Mashal”ning g'alabasi nafaqat turnir jadvali taqdiriga tasir qildi, balki Superligada sport principlari hali ham mavjud ekanini isbotladi.

O'z uyisiz ham yaxshi mavsum

2025 yilgi Superligada faqat ikki jamoa – “Paxtakor” va “Mashal” o'z stadionida o'ynay olmadi. Agar “Paxtakor” uchun “Jar” maydoni avvaldan tanish bo'lsa, “Mashal” uchun vaziyat ancha og'ir kechdi.

Muborakliklar raqiblarini Olmaliq, G'uzor va hatto Qarshida qabul qilishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari, “So'g'diyona” bilan ikki bor Jizzaxda, “Surxon” bilan esa ikki marta Termizda nominal mezbon sifatida maydonga tushdi. Bu esa qo'shimcha safarlar, xarajatlar va jismoniy charchoq degani. Shunga qaramay, jamoa intizomdan chekinmadi.

Barqaror tizim va yoshlar natijasi

“Mashal”ning “Fair-play”ga loyiq ekanini ko'rsatuvchi yana bir muhim jihat – klub tizimining barqaror ishlayotgani. Asosiy jamoa Pro ligadan chiqib, Superligada o'z o'rnini saqlab qoldi. O'rinbosarlar jamoasi musobaqani o'rta o'rinlarda yakunladi.

Eng muhimi, U-19 jamoasi bronza medallarini qo'lga kiritdi. Ular uchinchi o'rin uchun bahsda amaldagi finalchi “Bunyodkor”ni Toshkentda mag'lub etdi. Bu esa “Mashal” nafaqat bugunni, balki ertangi kunni ham o'ylayotganini ko'rsatadi.

Futbolda ayrim qadriyatlar borki, ular vaqt o'tishi bilan ham o'z qimmatini yo'qotmaydi. Intizom, halol o'yin, raqibga hurmat va sport principlariga sodiqlik – shular jumlasidan.

2025 yilgi Superligada aynan shu jihatlar “Mashal” timsolida yorqin namoyon bo'ldi. Shu boisdan ham bir fikr o'z-o'zidan tug'iladi:

“Fair-play” mukofoti “Mashal”ga berilsa, u to'liq adolatli qaror bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

+5   
10 dek 11:40:12
Sherzodjon Abdullayev
Машьалга хурматимиз баланд ажойиб жамоа анча номларни чикарган афсус узи уртамиёнага айданиб колган аслида кучли команда булиши кере эди илойим кейинги мавсум машьал хам кучлилар каторида булсин (пахтакор мухлиси)
+2   
10 dek 11:41:39
БЕК@
Тўғри, мақоладаги фикрга тўлиқ қўшиламан. Қизил карточка йўқ, сариқ карточка 51:30=1,7 ўртача. Демак сариқ карточка ҳам деярли олмаган
+2   
10 dek 11:41:09
Озод Ачилов
Sherzodjon Abdullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Машьалга хурматимиз баланд ажойиб жамоа анча номларни чикарган афсус узи уртамиёнага айданиб колган аслида кучли команда булиши кере эди илойим кейинги мавсум машьал хам кучлилар каторида булсин (пахтакор мухлиси)
Рахмат, илиқ фикрлар учун. Пахтакорга ҳам омад.
+2   
10 dek 11:39:31
Озод Ачилов
Худо хохласа, кейинги мавсум, иккинчи даврани Машъал ўз майдонида ўтказади.
+2   
10 dek 11:02:29
PFK HAQIQAT
Oldinlari faqat jurnalistlar koʻzi yuqoridagi va muxlisi koʻp klublarda boʻlar edi. Aslida siz pastdagi klubni natijasini olib chiqib fair-play sovrini aslida sizday jurnalistlarga ham bersa boʻlishini koʻrsatdingiz.
+1   
10 dek 13:29:17
PFK HAQIQAT
Sherzodjon Abdullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Машьалга хурматимиз баланд ажойиб жамоа анча номларни чикарган афсус узи уртамиёнага айданиб колган аслида кучли команда булиши кере эди илойим кейинги мавсум машьал хам кучлилар каторида булсин (пахтакор мухлиси)
+
+1   
10 dek 11:33:13
Озод Ачилов
Раиль foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар Начал ютганда Мешали у прямой чикиб Кесарии суперлигадан.
Насаф ютганда ҳам Машъал 27 очко билан худди шу 13-ўринни оларди ва Плей-офф да Бухорони қабул қиларди.
+1   
10 dek 11:29:51
real navdak
FANAT FC NASAF_REAL.M foydalanuvchining fikriga javob berish
Начал Мешали Кесарии нима ёзув бу?
Нахе мухаббат дийдими
   
10 dek 15:22:48
rustam
СМЕХ И ГРЕХ! ЭТА КОМАНДА СКОЛЬКО ИГР ПОКУПАЛА?
   
10 dek 13:55:45
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Озод Ачилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Насаф ютганда ҳам Машъал 27 очко билан худди шу 13-ўринни оларди ва Плей-офф да Бухорони қабул қиларди.
Бунакаларга эътибор бермаслик керак. Сайтга кириб ханграб-ханграб йук булиб кетади! Эътибор каратилса агар, баттар ханграшни бошлашади...
   
10 dek 11:26:45
FANAT FC NASAF_REAL.M
Раиль foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар Начал ютганда Мешали у прямой чикиб Кесарии суперлигадан.
Начал Мешали Кесарии нима ёзув бу?
-2   
10 dek 11:12:51
Раиль
Агар Начал ютганда Мешали у прямой чикиб Кесарии суперлигадан.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика