O'zbekiston Superkubogi. Chiptalar narxi malum
08 mar 07:57
Yangiliklar
"Neftchi" va "Paxtakor" klublari Superliga 3-turidan o'rin olgan o'z uchrashuvlarini 10 mart kuni o'tkazadi. Shundan keyin har ikki klub Andijon mezbonlik qiladigan Superkubok bellashuvi uchun tayyorgarlik boshlaydi.
Liga bayrog'i ostida o'tkaziladigan Superkubok o'yini uchun chiptalar 11 mart kuni sotuvga chiqadi. Ayni vaqtda Liga har ikki klub vakillari bilan muzokara olib borayotgan bo'lib, ularning taklifi bilan ayrim sektorlar uchun chiptalar nafaqat Andijon, balki Farg'ona va Toshkent shaharlarida ham yo'lga qo'yilishi mumkin
Farg'onalik muxlislarga 1—15 sektorlar uchun chiptalar xarid qilish, toshkentlik muxlislarga esa 19-32 (1A) sektorlarga etibor qaratish tavsiya etiladi. 16—18 sektorlar uchun chiptalar, shuningdek, klublarning taklifidan kelib chiqib, ular uchun ajratilgan boshqa ayrim sektorlar uchun chiptalar Bobur arena kassalarida sotilishi rejalashtirilgan", - deyilgan O'zPFL matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.
Chiptalar narxi 50 ming so'mdan - 150 ming so'mgacha qilib belgilangan

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar
ат уйин