So’nggi yangiliklar

14:34Эмери "Астон Вилла"дан кетиши мумкин  1 13:41Натан Аке "Барселона"га ўтиши мумкин  0 13:07Тиагу Мотта "Тоттенхэм"ни бошқариши мумкин  2 12:28"Бавария" ва "Интер" Германия терма жамоаси вингерига даъвогарлик қилмоқда  0 11:28МЮ хавбек Таверньени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:46Суперлига. 3-тур ҳакамлари маълум. Марказий учрашувларни кимлар бошқариб боради?  10 10:28"Реал Мадрид" АПЛ грандлари билан курашмоқчи  1 09:42"Арсенал" МЮнинг асосий футболчиларидан бирини текинга қўлга киритиши мумкин  3 09:16"Барселона" 80 миллион евролик ҳужумчига кўз тикди  7 08:49Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 08:23Sofascore. Ҳусанов энг яхшилардан бири бўлди  4 07:57Ўзбекистон Суперкубоги. Чипталар нархи маълум  11 07:30МЛС. "Интер Майами"да навбатдаги ғалаба. Месси фаолиятидаги 899-голини урди  16 07:00Англия кубоги. "Ньюкасл" — "Манчестер Сити" 1:3  6 06:32Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 16-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди   2

Superliga. Perica dublga erishgan bahsda "Neftchi" yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi Yangiliklar

Superliga. Perica dublga erishgan bahsda "Neftchi" yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi

Superliga 2-turidan o'rin olgan uchrashuv yakuniga etdi.

Superliga

2-tur

"Surxon" – "Neftchi" 0:3 

Termiz. "Surxon Arena". 19:30

Gol: Stipe Perica (Izzatillo Po'latov) 40', Stipe Perica 48', Yovan Jokich (Farruh Sayfiev) 72'

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Shavkat Rahmatov, Akmal G'iyosov 

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov 

Nazoratchi: Zokir Qodirov 

VAR: Rustam Lutfullin 

AVAR: Kristina Sereda 

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev 

"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 2.Behruz Karimov, 3.Behruz Jumatov, 9.Stiven Chinedu, 10.Sunnatilla Abdullajonov (77.Asadbek Karimov, 71), 11.Richard Fraydey (33.Umidbek Quvondiqov, 81), 14.Tohir Ashurbaev (91.Azamjon Temirxonov, 81), 17.Sarvar Abduhamidov (19.Farruh Qodirov, 64), 21.Tornike Dzebniauri, 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 31.Kamron Ergashev, 38.Shohruh Qaxorov, 55.Yahyobek Zokirov, 78.Jamshid Omonov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov (8.Vladimir Yovovich, 60), 4.Boyan Ciger, 9.Xurshid G'iyosov (22.Alisher Odilov, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumaev (7.Abrorbek Ismoilov, 46), 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 60), 20.Anvarjon G'ofurov, 23.Yovan Jokich (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 79), 30.Rustambek Fomin, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Daler Tuxsanov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 77.Ratino.

Ogohlantirishlar: Tohir Ashurbaev (44), Rustambek Fomin (77).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

90. Uuux! Qodirovning kuchli zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga borib tegdi.  

89. Zarbaaa! Dzebniaurining erlatib bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

85. Zarba! Dzebniaurining jarimadan yo'llagan zarbasini Ergashev qaytardi.

84. G'ofurov qanotda Karimovni yiqitishga majbur bo'ldi. 

81. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Fraydey o'rniga Quvondiqov, Ashurbaev o'rniga Temirxonov bahsni davom ettiradi. 

79. "Neftchi"da almashtirish: Jokich o'rniga Yo'ldoshev tushdi. 

77. Fomin qoidani buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

75. Uuuux! Chineduning zarbasi rikoshet orqali ustunga borib qaytdi. 

72. GOL! Sayfievning uzatmasidan so'ng Jokich bosh bilan gol urib, hisobni yiriklashtirdi — 0:3! 

71. "Surxon"da almashtirish: Abdullajonov o'rniga Karimov maydonga tushdi. 

70. Uuux! Yovovichning qulay pasidan keyin Jamshid Iskanderov darvozani aniq nishonga ololmadi. 

68. Zarba! Tohir Ashurbaevning bosh bilan bergan zarbasiga sal aniqlik etishmadi. 

64. "Surxon"da o'zgarish: Abduhamidov o'rniga Qodirov tushirildi. 

62. Zarba! Yovovich ketma-ket 2 ta zarba berdi, ammo to'p himoyachilarga tegib qaytdi. 

60. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: Perica o'rniga Marushich, Po'latov o'rniga Yovovich bahsni davom ettiradi. 

59. Abdullajonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. 

55. Maydonda yotgan Fraydeyga tibbiy yordam kerak. "Surxon" legioneri G'ofurov bilan to'qnashib ketdi. 

53. "Neftchi" muxlislari Termizda o'ziga xos atmosferani yaratgan holda amaldagi chempionni astoydil qo'llab-quvvatlab turibdi. 

51. Zarba! Abdullajonovning uzatmasidan so'ng Tornike Dzebniauri bosh bilan ancha noaniq zarba yo'lladi. 

48. GOL! Stipe Perica Odilov tepgan to'pni darvozabon qaytargach, uni bo'sh darvozaga joyladi va dubl muallifiga aylandi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Neftchi"da 2 ta o'zgarish: G'iyosov o'rniga Odilov, Jumaev o'rniga Ismoilov tushirildi. 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Tohir Ashurbaev Jumaevga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

43. Farruh Sayfievning muvaffaqiyatsiz uzatmasidan keyin to'p maydondan chiqib ketdi. 

40. GOL! Izzatillo Po'latovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng Stipe Perica bosh bilan to'p kiritib, hisobni ochdi — 0:1! 

37. Iskanderovning burchakdan oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi. 

29. Zarbalar bo'yicha statistika: 3-2 

22. Richard Fraydey qanotda to'pni qabul qilib oldi va ofsaydda ekani qayd etildi. 

19. "Neftchi" to'pga egalik qilgan holda sekin-asta oldinga bormoqda, ammo hozircha hujumlar orqarli aytarli vaziyat hosil qilinmadi. 

15. Iskanderov bir necha himoyachilar qurshovida qolib ketdi va to'pni yo'qotdi. 

11. Uuux! Chineduning chap oyoqda bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

10. Zarba! Stiven Chinedu aldamchi harakatlarni amalga oshirib, darvozani poylashga urindi va to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

7. Jamshid Iskanderovning yaxshi o'ylangan pasiga Otabek Boymurodov ega chiqdi. 

4. Malumot o'rnida, "Surxon"ning bir yo'la 8 nafar futbolchisi "Neftchi" bilan o'yin qaydnomasiga kirmadi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, futbolchilar anchadan buyon maosh to'lanmayotgani bois maydonga tushishdan bosh tortishgan. Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o'rin olishmadi: 

Artyom Potapov, Jamaldin Xodjaniyazov, Nodirxon Nematxonov, Humoyun Sherbo'taev, Dostonbek Tursunov, Behruz Shaydulov, Behzod Shamsiev, Javohir Jo'raev

3. Bugungi bellashuvda "Surxon"ga 2007 yilda tug'ilgan Behruz Karimov sardorlik qilmoqda.  

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+4   
05 mar 19:12:32
Бахтиёр Ашуров
1. Артём Потапов
2Жамалиддин Хўжаниезов
3Носирхон Неъматхонов
4 Ҳумоюн Шербўтаев
5 Достон Турсунов
6 Беҳузур Шайдулов
7Беҳзод Шамсиев
8 Жавоҳир Жўраев
Сурхонни мана шу асосий таркиб футболчилари. Бугунги ўйинда таркибда йўқ!
+4   
05 mar 19:01:43
Бахтиёр Ашуров
Сурхонни саккиз нафар асосий таркиб футболчилари қайтномада йўқ. Буям бўлса Бахтиёр Фозиловни таъсири!
+3   
05 mar 21:38:24
STENLESS..R
Чемпионлик учун кураш Пахтакор Нефтчи курашса керак Навбахор Андижон Насаф Динамо шу уйинлари булса чемпион булишлари кийинов
+3   
05 mar 21:34:42
Бахтиёр Ашуров
SUPERMEN SUPERMEN foydalanuvchining fikriga javob berish
Iyeeeee aka baxa bunaqa emasdizu
Нега бировларни исмини камситиб ёзасан? Ўзингдан катталарни ҳурмат қилишни ўрган. Билиб билмай ҳар гапга суқулувирмагин!
+2   
06 mar 04:20:47
Izzatillo89!
Adis Azizxanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакорни чемпион килиб юрган Металлург хозир про лигада. балки кейинги йил суперлигага чикса Пахтакор яна чемпион булар
Олдин ҳомийси битта эди, ҳозир алоқаси йўқ. Сиз айткан кунлар ўтиб кеткан. Сурхон билан нефтчида битта ҳомий. Насаф шўртан шуонақароқ эди. Энди ажради.
+2   
05 mar 21:43:16
Murod Karimberdiyev
Chempionlik uchun kurash Neftchi bilan Pahtakor uʼrtasida kechadigan kuʼrinadi.
+2   
05 mar 20:29:55
Азим Исмаилов
Сайпиев фомин гиесов замена
+1   
05 mar 21:43:18
Адхамжон Низамов
Пахтахор pfc деб асабга тегадиган АУ профиль эгаси куринмайди.Олга Нефтчи PFC.
+1   
05 mar 21:39:26
Адхамжон Низамов
The Gentlemano ☆ foydalanuvchining fikriga javob berish
Supperkubok finali qayerda boladi bollar?
Андижонда
+1   
05 mar 21:21:28
Ibragim Nishanov
Молодец Нефтчи сен шунга лойиқсан музлисларинг ҳам молодец. Қўшнилари билан хамжихат шунинг учун ҳам ютуқларга хақлисан. Бошқа мухлислар сингари қўшнилар ютказса оёқ ости қилиб мазаҳ қилиш сизларга эмас молодец ютуқ муборак бўлсин. Энди навбат дербига. Ажойиб дерби бўлади. Европача ўйин кўрамиз иншаоллох водий олға.
+1   
05 mar 21:08:34
Habibullo Otamirzayev
Neftchi 2ta o'yinda ham raqibiga nisbatan kuchliroq o'ynayapti. Yana undan tashqari neftchida tig'iz taqvim bor, agar bor kuchi bilan o'ynasa Chempionat yarmida charchab qomedi. Hamma o'yinlarni ko'rib chiqyapman. Neftchi qolganlarga qaraganda ancha mazmunli futbol o'ynayapti
+1   
05 mar 20:51:37
М.Б
Худо хохласа Нефтчи чемпион Перица эса тупурар булади
+1   
05 mar 20:48:47
leva8989
Neftchi bundan ortiq qanaqa o'ynasin,Surxon autsayder emas,muhimi natija,yutyapmizu...Yanayam 100% asosiy tarkib emas.Peritsa darajasini ko'rsatyapti,nihoyat Neftchi sof hujumchiga yolchidi
+1   
05 mar 20:18:16
Raul gansalez blanko
Фикр колдиришга хамма хакли омад Нефтчи. Бир емон тарафи янгилик ни укигани кириб кейин камент га кирсен гийбатгона болиб кетиши емон да
+1   
05 mar 20:09:19
The Gentlemano ☆
Supperkubok finali qayerda boladi bollar?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика