Transfermarkt va Championat.asia 2025 yilning eng yaxshilarini aniqlashdi
10 dek 13:00
Yangiliklar
Transfermarkt va Championat.asia 2025 yilning eng yaxshilarini aniqlashdi
So'rovnomada Championat.asia ijodkorlari va Transfermarkt rus bo'limi xodimlari ishtirok etdi.
Umumiy ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Anvarjon G'ofurov ("Neftchi"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Ikrom Aliboev ("Neftchi"), Bashar Resan ("Paxtakor"), Jamshid Iskanderov ("Neftchi")
Hujumchilar: Xurshid G'iyosov (OKMK), Lyupcho Doriev ("So'g'diyona"), Igor Sergeev ("Paxtakor").

Individual sovrinlar quyidagilarga nasib qildi:

So'rovnoma natijalariga ko'ra, Igor Sergeev mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. “Paxtakor” hujumchisi mavsum davomida 29 ta o'yinda raqiblar darvozasiga 20 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aynan u chempionat to'purari ham bo'ldi. Uning jamoadoshi Hojiakbar Alijonov ikkinchi o'rinni oldi. Uchinchi pog'onaga "Neftchi" bilan chempionlikka erishgan Jamshid Iskanderov joylashdi.

Vitaliy Levchenko mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Neftchi" uning qo'l ostida 24 yillik tanaffusdan keyin yana O'zbekiston chempioni bo'ldi. "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiev ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinni "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov band etdi.
"Sherlar" posboni Vladimir Nazaraov Superligada mavsumning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. U ramziy termamizdan ham joy oldi. Nazarov 22 ta o'yinda maydonga tushib jami 11 ta to'p o'tkazib yubordi va 15 ta bahsda gol o'tkazmadi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Botirali Ergashev ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi qatordan "Qo'qon-1912" darvozaboni Azizxon Isaqov joy oldi.

"Surxon" hujumchisi Rustam Turdimurodov mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'ldi. 21 yoshli futbolchi birinchi davrani "Andijon" safida o'tkazdi. U Superligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Turdimurodov nafaqat Superligada, U-23 Osiyo kubogi saralashida ham ishonchli o'yin ko'rsatdi va 4 ta gol urdi. OKMK vakili Nodir Abdurazzoqov ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rin "Dinamo"ning 19 yoshli futbolchisi Oybek O'rmonjonovga nasib etdi.

O'zbekistonning mamlakat tashqarisidagi eng yaxshi futbolchisi Eldor Shomurodov bo'ldi. 30 yoshli hujumchi bu yilni "Roma"da boshladi va Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida tugatmoqda. Terma jamoamiz sardori Rim klubida 2025 yilda barcha musobaqalarda 24 ta bahsda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. "Bashakshehir" safida 21 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma sohibiga aylandi. Eldor bu yil terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqdi, CAFA va Al Ain turnirlari g'olibiga aylandi. Milliy jamoa libosida 10 ta uchrashuvda 2 ta to'p kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar