Flik jamoasining Chempionlar Ligasidagi g'alabasiga munosabat bildirdi
10 dek 2025 09:20
Yangiliklar
Flik jamoasining Chempionlar Ligasidagi g'alabasiga munosabat bildirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasining 6-turida "Ayntraxt" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Ayntraxt va o'yinning o'zi meni ajablantirmadi - ular odatiy tezkor Bundesliga jamoasi. Biz odatda vaziyatni nazorat ostida ushlab turdik, lekin birinchi bo'limda bazi xatolarga yo'l qo'ydik, bu bizni Reshfordni maydonga tushirishga majbur qildi.
Kambek bo'lgan o'yinlarni baholash qiyin. Bir tomondan, jamoaning o'yinga qaytishi menga yoqadi - bu bizning xarakterimiz haqida ko'p narsani anglatadi. Boshqa tomondan, biz o'yini yaxshiroq boshlashimiz mumkinligini va birinchi gol o'tkazib yubormasligiz kerakligini o'ylab qolaman. Qanday bo'lmasin, men yigitlarga minnatdorman: biz himoyada mustahkam o'ynadik va raqib xavfli vaziyatlarni yaratishi oson bo'lmadi", - dedi Flik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Испания Кубоги. "Барселона" "Расинг" тўсиғидан қийналиб ўтди, мезбонларнинг икки голи инобатга олинмади
Кроос "Барселона" ҳақида: "Улар ҳеч қандай халқаро соврин юта олишмайди"
Полиция Винисиусга банан отган мухлисни қидирмоқда
Fikrlar