La Liga. "Real" mehmonda "Rayo Valekano"ni mag'lub eta olmadi
09 noy 22:12
Yangiliklar
La Liga. "Real" mehmonda "Rayo Valekano"ni mag'lub eta olmadi
La Liga 12-tur doirasidagi "Rayo Valekano" - "Real Madrid" o'yini bo'lib o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia


Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar
“Real Madrid” Prezidenti Isroilning Falastinda bosib olgan yerlarida yahudiylar uchun uy-joy quryaptimi?
Sport
−
30 Sentabr
Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresga tegishli qurilish kompaniyalarini Isroilning noqonuniy aholi punktlarini qurishda ishtirok etgani uchun qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda “elPeriodico” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, BMTning qora ro‘yxatiga ACS (Actividades de Construcción y Servicios, S.A.) va uning sho‘ba korxonasi SEMI kiritilgan. Bu qaror Peres uchun noqulay vaqtda qabul qilingan, chunki uning mamlakati va futbol jamoatchiligi G‘azodagi urush, genotsid va Isroil armiyasining har kuni oddiy fuqarolarning o‘limiga sabab bo‘layotgan harakatlarini tobora ko‘proq tanqid qilmoqda.
ACS – muhandislik, qurilish va infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish, qurish va boshqarish bilan shug‘ullanadigan yirik xalqaro kompaniya. SEMI (Sociedad Española de Montajes Industriales, S.A.) esa sanoat va elektr sohasida faoliyat yurituvchi korxona hisoblanadi.
Umumiy hisobda BMTning qora ro‘yxatida 158 ta kompaniya bor. Ulardan 70 tasi, jumladan, Peresga tegishlilari ham bosib olingan hududlarda olib borilgan mustaqil xalqaro tergov natijasida qo‘shilgan.
BMT qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalarni “aholi punktlarini qurish va saqlashni osonlashtirish, falastinliklarning uy va mulklarini buzish, kuzatuv faoliyatini amalga oshirish, tabiiy resurslardan tijorat maqsadida foydalanish hamda ifloslanish va chiqindilarni tashlash”da ayblamoqda. Taxminan 700 ming ko‘chmanchi isroillik G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda joylashgan kamida 250 ta noqonuniy aholi punktida yashamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, ACS Falastin yoki Isroilda hech qanday shartnomasi yo‘qligini bildirgan, biroq bu borada rasmiy bayonot bermagan. Biroq kompaniya o‘zining qora ro‘yxatda tilga olinish sababini SEMI sho‘basini Fransiyaning Vinci kompaniyasiga sotilishi bilan izohlagan.
Qayd etish joiz, “Real Madrid” G‘azodagi Isroil harbiy harakatlarini ochiq qoralamagan Ispaniyadagi kam sonli klublardan biri bo‘lib, yaqinda “Osasuna” muxlislari “Real Madrid”ga qarshi o‘yinda “Isroilga qizil kartochka bering” degan banner ko‘targan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches G‘azoda davom etayotgan mojaro sababli Isroilni xalqaro sport musobaqalaridan chetlatishga chaqirgan edi. Shuningdek, Ispaniya Kongressi a’zosi Patxi Lopes agar Isroil terma jamoasi saralashdan o‘tsa, Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashmasligi mumkinligini aytgandi.