So’nggi yangiliklar

08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  0 08:03Валерий Кичин: "Ҳалол ўйин бўлишини истардим"  11 07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  2 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  1 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  8 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  7 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  1 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  1 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  34 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  25

Bir o'yin tarixi. O'mon - O'zbekiston 4:2. Futbolimiz tarixidagi eng g'alati mag'lubiyat qanday yuz bergandi? Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'mon - O'zbekiston 4:2. Futbolimiz tarixidagi eng g'alati mag'lubiyat qanday yuz bergandi?

O'zbekiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup 2025” musobaqasidagi ishtirokini O'mon terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Bu terma jamoa tarixda doim biz uchun qiyin raqib bo'lib kelgan. Nom tomonlama O'mon kuchsizdir. Ammo maydonda bosh og'riq ekanligini isbotlay olgan. O'tkazilgan o'zaro 7ta uchrashuvning 4tasida raqibning qo'li baland kelganiga nima deysiz? Quyida tarixdagi uchrashuvlardan birini yodga olamiz. 


 Katta yoshli muxlislar bu uchrashuvni yaxshi eslashadi. O'shanda vakillarimiz kutilmaganda o'monliklarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ha, bunga sensaciya sifatida qarashimiz o'rinli. Vladimir Salkov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi doimgidek saralash bosqichining birinchi raundida Xitoy Taypeyi, Turkmaniston, Iordaniya kabi termalarning to'sig'idan muammosiz o'tgandi. Ammo, bizni oldinda hal qiluvchi bosqich kutardi. Tabiiyki, oxirgi raundda bizga doimgidek jiddiy va kuchli raqiblar ro'baro' keldi. Qura natijalariga ko'ra BAA, Xitoy, O'mon va Qatar bilan bir guruhdan joy oldik.

Bir qarashdan raqiblar terma jamoamiz fonida u qadar kuchlidek ko'rinmagandi. Ular orasida ayniqsa O'mon har tomonlama bizdan kuchsiz edi. Xitoyni esa o'sha vaqtda Bora Milutinovich boshqarar, mutaxassis jamoani avvalgiga qaraganda yaxshigina kuchaytirishga, o'z uslubini singdirishga erishgandi. BAA esa 1998 yilgi Jahon chempionati saralashida bo'lgani kabi bu safar ham yo'limizga to'g'onoq bo'lishga intildi. O'mon bilan o'yinga qadar etti ochko jamg'argan terma jamoamizda Jahon chempionatiga chiqish uchun umid saqlanib qolingandi. Bunga qadar esa amirliklarga ikki o'yinda ham boy berilgan imkoniyat va ochkolar qimmatga tushgan. Toshkentda o'tkazilgan birinchi bahsda vakillarimiz o'monliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda yirik 5:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. Shu sababdanmi yoki ishonch yuqoriligidanmi Maskatda o'tadigan javob uchrashuvida ham shu scenariy takrorlanishini taxmin qildik. O'mon terma jamoasi azolarining hech birining bizning o'yinchilarimizdan ustun tomoni yo'q edi.

Kutilganidek birinchi bo'lim o'zbekistonlik futbolchilar o'yinni o'z qo'llariga oldilar, to'p nazorati va zarbalar bo'yicha ham oldinda bordilar. Bu esa hisobda ham o'z aksini topdi. Dastlab 5-daqiqada himoyachimiz Fevzi Davletov hisobni ochgan bo'lsa, 27-daqiqada Nabil Ashur o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yadi 0:2. Birinchi taym biz uchun alo darajada o'tdi.

Ammo, ikkinchi bo'limni futbolchilarimiz juda yomon boshlashadi. Himoyadagi qo'pol xatolar, to'p uzatishlardagi uzilishlar, brak paslar ko'payadi. Ayniqsa, birinchi bo'limdan so'ng Maksim Shackixning o'yindan olinishi katta xato edi. Irismetov bilan birga hujum juftligini hosil qilayotgan futbolchining almashtirilishi etirozlarga sabab bo'lgandi. Shackix chiqib ketgach raqib bemalol hujumlar tashkil qila boshladi. Buning natijasida bosimni oshirgan O'mon terma jamoasi 50-daqiqada oradagi farqni qisqartiradi. Oradan ikki daqiqa o'tgach esa ular muvozanatni tiklashadi. Davron Fayzievning jarohati, Polyakovning zarbalar yo'nalishini topa olmaganligi va boshqa xatolar oqibatida ikki daqiqada o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqqanmiz. Salkov esa shu zahotiyoq jarohatlangan Fayzievning o'rniga Asror Aliqulovni maydonga tushiradi. Ketma-ket ikki goldan keyin shokka tushib qolgan milliy jamoamiz azolari keyingi daqiqalarda butunlay o'yin tizginini qo'ldan chiqarishadi. Durangga ham rozi bo'lib turgan joyimizda esa so'ngi daqiqalarda o'yin qahramoni o'monlik Yoqub Al-Muxayniy va Badar Ali yana ikki bor darvozamizni aniq nishonga olib irodali g'alabani qo'lga kiritishadi. Qosimov etakchiligidagi terma jamoamiz ushbu saralash bosqichidagi safar uchrashuvlarida yomon natija qayd etadi, g'alaba nimaligini bilmaydi. Darajasi past raqibdan engilishimizni esa hech kim hayoliga keltirmagandi. Futbolda raqib kuchiga to'g'ri baho bera olmaslik, mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelishini bugun eslab o'tgan o'yinimiz misolida ko'rdik. 


Alisher Nikimbaev va Maksim Shackix bu o'yinni shunday eslagandi. 

“Ha, haligacha bu o'yin haqida ko'p savol berishadi. Lekin, bahs sotilgan degan fikrga qo'shilmayman. Turli gap-so'zlar, mish-mishlar ko'p tarqalgan. Futbolchilarni ichiga pullarni berkitgani, uni topib olishganini va shunga o'xshash gaplar bolalagan. Shaxsan men bu voqeaga ishonmayman, o'yin kelishilgan degan narsalarga ham umuman ishonmayman. Safardan qaytgach, Vladimir Salkov bilan shaxsan gaplashgan edim, Davron Fayziev jarohat olgani sabab ikkinchi taym boshida o'ynay olmaganligini, O'mon esa o'sha 7 daqiqada ikkita gol urganini aytgandi. Murabbiy Fayziev jarohat olganini tanaffusda bilganida uni tanaffusda almashtirardi. Murabbiy o'sha jarohat hamma narsani o'zgartirib yuborgani, mag'lubiyatga sabab bo'lganligi takidlagan”,- deydi Alisher Nikimbaev. 


“Birinchi taymdan keyin meni nima uchun uchun almashtirganini bilmayman va tushanmayman, jarohatim yo'q edi. Menga hech kim tushuntirmagandi ham. Ich kiyimlarimizdan pullar topib olishgan degan gapga o'zim ham hayron qoldim. Bu haqida o'ylagim ham kelmaydi. Lekin, ko'p narsa esimdan chiqib ketgan, shuning uchun aniq biron gap ayta olmayman. Futbolda hamma xato qiladi. Ikki xil taym o'tkazganmiz. Birinchi bo'limda O'mon hatto maydon markazigacha kela olmagan. Ikkinchi bo'limda umuman boshqacha jamoaga aylanib qolganmiz. Endi bu murabbiylarning qarori, balki futbolchiga dam berishni istagandir”,- deydi terma jamoamiz sobiq hujumchisi Maksim Shackix.


Qayd etilgan natijadan so'ng bizda deyarli hech qanday imkoniyat qolmagandi. Ushbu muvaffaqiyatsiz o'yindan hafsalasi pir bo'lgan futbolimiz rahbarlari Salkovni istefoga chiqarishadi. U katta umidlar bilan olib kelingan, hattoki, murabbiyning istagi bilan bir nechta xorijlik futbolchilar mahalliylashtirilgan edi. Shunda ham ko'p hollarda Salkov nolir edi. Ashurmatovning qiziqqonligini deyarli har bir matbuot anjumanida takidlashi, jurnalistlarning savollariga ayovsiz javob qaytarishi haqida eshitganmiz. Keyingi Xitoy bilan uchrashuvda termani uning yordamchisi Leonid Ostroushko boshlab tushadi. Shunday qilib O'zbekiston terma jamoasida ishlagan uchinchi xorijlik mutaxassis ham bizning maqsadimiz sari etaklay olmagandi. 

JCH-2002. Saralash bosqichi. Uchinchi bosqich.

O'mon – O'zbekiston – 4:2

13.10.2001. Maskat. “Sulton Qobus” stadioni. 401ta tomoshabin.

Bosh hakam: Masayoshi Okada (Yaponiya)

Gollar: Yoqub Al-Muxayniy 50, Fauziy Bashir 52, Yoqub Al-Muxayniy 83, Badar Ali 89, - Fevzi Davletov 5, Nabil Ashur 27 (avtagol).

O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Sergey Lushchan, Davron Fayziev (Asror Aliqulov, 52), Baxtiyor Ashurmatov, Aleksandr Xvostunov, Fevzi Davletov, Nikolay Shirshov, Andrey Vlasichev (Bahodir Annamatov, 60), Mirjalol Qosimov, Maksim Shackix (Andrey Akopyanc, 46), Jafar Irismetov.

Bosh murabbiy: Vladimir Salkov

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
30 avg 00:15:13
Habib
Kik nima desa desin, leiin manimcha uyin sotilgan,,,Davron Fayziyez yuq joyda 2 ta golni shundoq podarka qivorgan,,4- golda darvozbon oleg polikov quliga kelayotgan tupni shunchaki ushlagisi kelmay quyib yuborgan edi..


Davron Fayziyevni murabbiy sifatida totalizatorchi ekanligini hisobga olsak, uyinni ham sotgan degan katta gumon bor...yana kim bilsin
+1   
29 avg 23:13:38
Askar Ikromov
Руслардан хеч качон нормальный тренер чикмаган узи, улар факат арок ичиш буйича дунеда етакчи…
+1   
29 avg 22:09:25
stomfut
Redminote13 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўйинни кўрганман 100% сотилган ўйин. Ўшанда Хитой1, БАА 11 очко билан иккинчи эгаллаб ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган. Ўзбекистон 10 очко билан учинчи ўринни эгаллаган. Агар Ўзбекистон Оманни ютганида бизда 13 очко бўларди ва биз ЖЧ чиқардик. БАА шайхларининг пули асосий ролни ўйнаган. Салъков бир умрга етадиганини олиб Россияга жўнаворган.
Баа playoff ga chiqqan
   
30 avg 14:44:48
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Askar Ikromov foydalanuvchining fikriga javob berish
Руслардан хеч качон нормальный тренер чикмаган узи, улар факат арок ичиш буйича дунеда етакчи…
Русларданку чикмаган экан! Давронни нима жин уриб алкашлардан баттар киликлар килган уша куни?
   
30 avg 07:42:43
Azizbek Rustamovich
Oq qora ekranda ko‘rgandik o‘sha o‘yinni. Ummon yutishimiz aniq deb juda ko‘tarinki kayfiyatda kutgandik o‘yinni
   
29 avg 23:07:59
ATLANTIDA
Oʻyin maskatda boʻlmagan.
   
29 avg 22:52:14
Chustiy
maniyam esimda, birinchi taymda 0-2ga yutayotgandik, birinchi davradagi 5-0 Dan keyin hamma juda oson g'alaba kutayotgandi lekin 2 taym butunlay galati boshlangan. Hamma oyinchilar oziga umuman oxshamagan, ayniqsa darvozamizga yaqin burchakdan urilgan golida Shtraf bosa Qosimovni 100lik aniq ijrosiga ishonim qolganimiz shu kuni ozini nuqtasidan toppa togri darvozabonga tepgan galati holat edi. Keyin shu oyindan keyin Darvozabon qaytib chaqirilmadi murabbiy istefo berilgandi. Shunchaki butun xalq oldidagi sotilgan sotilganda ham umuman kulgili tarzda oxshamagan sotilish edi
   
29 avg 22:52:13
Chustiy
maniyam esimda, birinchi taymda 0-2ga yutayotgandik, birinchi davradagi 5-0 Dan keyin hamma juda oson g'alaba kutayotgandi lekin 2 taym butunlay galati boshlangan. Hamma oyinchilar oziga umuman oxshamagan, ayniqsa darvozamizga yaqin burchakdan urilgan golida Shtraf bosa Qosimovni 100lik aniq ijrosiga ishonim qolganimiz shu kuni ozini nuqtasidan toppa togri darvozabonga tepgan galati holat edi. Keyin shu oyindan keyin Darvozabon qaytib chaqirilmadi murabbiy istefo berilgandi. Shunchaki butun xalq oldidagi sotilgan sotilganda ham umuman kulgili tarzda oxshamagan sotilish edi
   
29 avg 22:40:56
تعمورخن ومار خجا
Saidjamol foydalanuvchining fikriga javob berish
Toppa-togri
Raxmat aizga or nomusli doʻstim
   
29 avg 22:13:27
Tulkin Alimov
Ўша ўйинни жонли кўрганман, у термамизни сотиб олиш тугур, текингаям кичик ҳисобда ютишга ҳеч рози бўлишмасди.
Футболчиларимиз ем-ҳашаксиз, оч қолган қўйларга ўҳшаб қолганди иккинчи бўлимда.
   
29 avg 22:08:23
PFCNasaf (O‘zbekiston)
Saidjamol foydalanuvchining fikriga javob berish
Trenerni özi sotgan bölsa, öyinchilar qayoqdan biladi.
Тренер эмас ўша вақтда ЎФФ рахбарлари сотган бўлиши мумкин.
   
29 avg 22:08:18
stomfut
Redminote13 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўйинни кўрганман 100% сотилган ўйин. Ўшанда Хитой1, БАА 11 очко билан иккинчи эгаллаб ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган. Ўзбекистон 10 очко билан учинчи ўринни эгаллаган. Агар Ўзбекистон Оманни ютганида бизда 13 очко бўларди ва биз ЖЧ чиқардик. БАА шайхларининг пули асосий ролни ўйнаган. Салъков бир умрга етадиганини олиб Россияга жўнаворган.
База playoff ga chiqqan
   
29 avg 22:07:08
PFCNasaf (O‘zbekiston)
Redminote13 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўйинни кўрганман 100% сотилган ўйин. Ўшанда Хитой1, БАА 11 очко билан иккинчи эгаллаб ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган. Ўзбекистон 10 очко билан учинчи ўринни эгаллаган. Агар Ўзбекистон Оманни ютганида бизда 13 очко бўларди ва биз ЖЧ чиқардик. БАА шайхларининг пули асосий ролни ўйнаган. Салъков бир умрга етадиганини олиб Россияга жўнаворган.
Том жойидами? БАА ўтиш бахсида икки ўйинда хам Эронга ютқазиб 0:1 0:3 га жаҳон чемпионати билан хайрлашган.
   
29 avg 22:05:04
Saidjamol
Trenerni özi sotgan bölsa, öyinchilar qayoqdan biladi.
   
29 avg 22:03:22
Saidjamol
تعمورخن ومار خجا foydalanuvchining fikriga javob berish
Oqquloqlar bilan necha yillar sharmanda boʻldik man endi qon tozalandi Oʻzimizi qora Koʻzlar bilan yoshlar jaxon chempionati osiyo chempioni Olimpiada va Jaxon chempionati baribir vatan tuygʻusi boshqacha biz uchun xechqachon bizdan boshqasi jon kuydirmidi xechqachon ... Buni oʻqib oʻris qullar darxol millatchiga chiqarishi mumkun lekin ularga tufiraman
Toppa-togri
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика