Jaloliddin Masharipov: "Yangi murabbiyni kuchliroq o'yinlarda yaxshiroq bilib olamiz, Osiyo jamoalarini murabbiysiz ham yutganmiz"
29 avg 21:45
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Yangi murabbiyni kuchliroq o'yinlarda yaxshiroq bilib olamiz, Osiyo jamoalarini murabbiysiz ham yutganmiz"
O'zbekiston terma jamoasi etakchisi Jaloliddin Masharipov O'zbekiston terma jamoasi atrofidagi murabbiy bilan bog'liq vaziyatga fikrini bildirdi.
"Saytlar orqali Bentu kelganini ko'rdim. Uni nomi va Jahon chempionatlaridagi tajribasiga qarab olib kelishdi. Bentu bizni juda yaxshi biladi. Uni futbolchilar hal qilmaydi, hammasini vaqt ko'rsatadi. Hali rasman qo'l qo'ymadi. Nimadir desam kimgadir yomon ko'rinib qolishim mumkin. Ishlab ko'rgan holda taktikasi haqida fikr bildirgan to'g'ri bo'ladi. Osiyo jamoalari bilan murabbiysiz ham o'ynab qo'yaveramiz. Shu bois kuchliroq jamoalarga qarshi o'yinlarda yaxshiroq bilib olamiz. Kelib gaplashgani murabbiy bo'ldi degani emas",- deydi Jaloliddin Masharipov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar