So’nggi yangiliklar

19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  0 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0

Ilyos Zeytullaev: "Bu o'yin menga katta dars bo'ldi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bu o'yin menga katta dars bo'ldi"

O'zbekiston Kubogi 1/4 finaldan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:4) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo "Buxoro"ni O'zbekiston Kubogi yarim finaliga chiqqani bilan tabriklayman. Hozir kimnidir himoya qilib yoki kimnidir tanqid qilmoqchi emasman. Faqat shuni aytishim mumkin, bu o'yin menga katta dars bo'ldi. Bunday o'yinlar baribir murabbiyning tajribasi oshishiga yordam beradi. Futbolchilarimiz ko'p harakat qilishdi. Hatto hisobni 2:2 ko'rinishga keltira oldik. Oxirgi yigirma kun ichida to'rtinchi yo beshinchi uchrashuvni o'tkazdik. Shu bois charchoq alomatlari sezildi. Afsuski, o'zimizga xos bo'lmagan o'yinni namoyish etishga o'tib oldik. Barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman. Shogirdlarimga hech narsa demayman, chunki ular mening aytganlarimni bajarishdi. Orqaga yo'l yo'q, oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz.


- "Buxoro" bugun hujumkor va yaxshi o'ynadi. Jamoangiz bunday o'yinga tayyor emasmidi?

- To'g'risini aytsam, bugun raqibning ko'zida olov ko'proq ko'rindi. Bunaqasi futbolda uchrab turadi. Lekin bizning jamoa ham yaxshi. Bitta mag'lubiyat bilan hammasi tugab qolmaydi. Futbolda yo yutasan yo yutqazasan. Yutsang xursand bo'lsan. Mag'lubiyatga uchrasang, raqibni tabriklaysan.


- Sizni yaxshi motivator sifatida bilamiz. Kubok uchrashuvlari bitta o'yindan iborat ekanini hisobga olsak, Ilyos Zeytullaevga nima etishmadi?

- Yana qaytaraman, hisobni 2:2ga olib kelganimizdan so'ng bizda umid uyg'ondi. G'alaba qozonishga harakat qildik. Toliqib qolganmiz deyapman, lekin "Buxoro" ham tinmay o'yinlarda maydonga tushyapti. Buniyam tan olish kerak. Bugun bazi futbolchilarimizda jarohat borligi pand berdi. Oxirgi paytlarda ko'p futbolchilarimiz deyarli 90 daqiqadan o'ynab kelmoqda. Bu ham tasir qiladi. Endi ozroq dam olib Superliganing qolgan turlariga etiborni qaratamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика