"Manchester Yunayted" Antonini sotishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
30 avg 2025, 01:19
Antoni "Betis"ning to'laqonli futbolchisiga aylanadi.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" LaLiga klubining bu boradagi taklifini qabul qilgan. Braziliyalik futbolchi transfer ishlarini yakunlash uchun Ispaniyaga uchib ketgan. Hozircha futbolchining transfer summasi qancha bo'lishi aniq emas. Mankunianliklar 3 mavsum oldin futbolchini 95 million evroga sotib olgandi.

Antoni o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Betis"da o'tkazdi va 17 o'yinda 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports