Pavarning jarohati jiddiy emas, Lukada esa ahvol yaxshimas
14 sen 2022 20:13
Yangiliklar
Pavarning jarohati jiddiy emas, Lukada esa ahvol yaxshimas
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavarning jarohati jiddiy emas.
Manbaning xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi tez orada mashg'ulotlarni davom ettiradi va hafta oxiri Bundesliga doirasidagi "Augsburg"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha Pavar CHempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Franciyalik futbolchi 21-daqiqada “ko'k-anorranglilar” himoyachisi Markos Alonso bilan to'qnashuvdan so'ng almashtirildi.
O'z navbatida, "Bavariya"ning yana bir himoyachisi Luka Ernandes son qismidagi jarohati tufayli 5 haftani o'tkazib yuboradi.
Fikrlar