Pastore: “Joriy mavsumda A seriyani yakunlab bo'lmasa kerak”
22 mar 2020 09:55
Yangiliklar


Pastore: “Joriy mavsumda A seriyani yakunlab bo'lmasa kerak”
“Mening fikrimcha bu mavsumni yakunlash imkonsiz. O'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun 20-30 kun kerak bo'ladi. Albatta, bu katta mablag' talab etadi. Ammo biz mavsumni to'xtagan joyidan davom ettirib ketishimiz juda qiyin ish. Agar biz mavsumni kelgan joyidan davom ettirsak, uni yakunlanishi keyingi mavsum boshlanishini kechiktiradi. 2021 yilda esa futbolchilarda Evropa chempionati va Amerika kubogi musobaqalari bor.
Umuman olganda, biz “forma”dan chiqib ketmaymiz. Futbolchilar birgalikda mashg'ulot o'tkazmayotgan bo'lsada, klub bizga individual tarzda shug'ullanishimiz uchun kerakli jihozlarni taqdimm etdi. Biz kunli mashg'ulotlarimizni hisobotini murabbiylarimizga jo'natib turibmiz”, deya Pastorening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar