So’nggi yangiliklar

22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  0 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  28 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  9 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  33 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  71 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  6 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

O'zbekiston MTJ Namangandagi navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi+SHerzod Temirovdan intervyu Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Namangandagi navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi+SHerzod Temirovdan intervyu

O'zbekiston milliy terma jamoasi "Navbahor" zaxira maydonida Maldiv orollariga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslarining final bosqichi ilk turidada Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi SHri-Lankani 3:0 hisobida mag'lub etgandi. Bugundan jamoa navbatdagi o'yin uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi. Yig'inda barcha futbolchilar ishtirok etdi, yo'qotishlar mavjud emas. Mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq tarzda o'tkazildi. SHuningdek, terma jamoa futbolchisi SHerzod Temirov bo'lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dastlabki o'yinni g'alaba bilan boshladik. Uchrashuv ancha qizg'in ruhda o'tdi. Raqibning qanday darajada ekanligini oldindan bilardik, shu bois kecha ishonchli g'alabaga erishdik. 

- O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi qolgan raqiblariga qaraganda bir bosh ustun hamda hujumkor o'yin namoyish etishi tabiiy. Murabbiy mashg'ulotlarda nimalarga ko'proq urg'u bermoqda. Kelgusida o'yinda uchta hujumchini ko'rishimiz mumkinmi?

- O'zbekistonda ushbu bosqichda ishtirok etishi g'alati. Bunga o'zimiz sababchimiz, shuning uchun o'zimiz muammolarni bartaraf etishimiz lozim. Ehtimol, ikki nafar hujumchi bilan ham o'ynaganimiz maquldir, bu murabbiy tanlovi, biz bunga aralashmaymiz. 

- Kecha tarkibga jalb etilgan hujumlarning uchtasi maydonga tushdi, sizga esa imkoniyat berilmadi. Bunga sabab nimada: murabbiy mashg'ulotlardagi harakatlaringizdan qoniqmadimi yoki uning taktikasini shundaymi?

- Bu murabbiy tanlovi, kechagi o'yinda ham Katanec bir nafar markaziy hujumchi va uning ortida to'p tepadigan hujumkor futbolchini tanladi. 

- SHri-Lankaga qarshi bahsdan so'ng saytimizda ko'pchilik izoh qoldirdi, yani Superligadagi hujumchilarni ham jalb qilganda, kamida 2-3 ta gol urardi degan mazmunda etiroz bildirdi. Bu borada qanday fikrdasiz? Sizga ham ertangi o'yinda to'liq imkon berilsa, raqib darvozasini ishg'ol qilaman deya ishonch bilan ayta olasizmi?

- Har futbolchida o'ziga bo'lgan ishonch mavjud. Bu murabbiyga ham bog'liq jihat sanaladi. Murabbiy imkon bersa, qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика