So’nggi yangiliklar

00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  0 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  2 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  5 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   9 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  81 20:55Месси навбатдаги ўйинларда ўйнайдими? Мартино жавоб берди  6 20:32Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" 1:1  0 20:17Суперлига. "Сўғдиёна" қўшиб берилган дақиқада урган голи эвазига "Қизилқум" майдонидаги мағлубиятдан қутулиб қолди  5 20:12Футзал. ЖЧ 1-тури дисквалификациялари  0

Osiyo Kubogi-2004. Penaltilar seriyasidagi omadsizlik VIDEO Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2004. Penaltilar seriyasidagi omadsizlik VIDEO

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.


Dastlabki 12 Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl"

Osiyo Kubogi-1992. Yaponiyaning ilk chempionligi

Osiyo Kubogi-1996. O'zbekiston ishtirokidagi birinchi Osiyo Kubogi

Osiyo Kubogi-2000. O'zbekiston uchun eng sharmandali Osiyo Kubogi


Navbat 2004 yilgi Osiyo Kubogiga etib keldi.

2004 yilgi Osiyo Kubogiga Xitoy mamlakati mezbonlik qilgan. Musobaqada ilk bor 16ta jamoa qatnashdi va 4tadan jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurashdi. Livandagi Osiyo Kubogida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Kuvayt, Qatar, Indoneziya, Tailand, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Ummon, Turkmaniston va O'zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi.

Mezbon va amaldagi chempion Yaponiya saralashsiz Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'zbekiston terma jamoasi uchinchi bor qita chempionatida ishtirok etdi.

Terma jamoamiz saralashda Tailand, Tojikiston va Gonkong bilan bir guruhda bo'ldi. Olti uchrashuvning 4tasida g'alaba qozongan va Tojikiston bilan durang o'ynagan O'zbekiston muddatdan avval Osiyo Kubogiga chiqdi. So'nggi turda Tailandga yirik hisobda imkoniyat boy berilgan.

2004 yilgi Osiyo Kubogi Pekin, CHongking, Jinan va CHengdu shaharlaridagi to'rtta stadionda stadionlarida o'tkazilgan.



Osiyo Kubogida Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz Iroq, Turkmaniston va Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashgan. Futbolchilarimiz guruhdagi uchala o'yinda ham 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Ilk turda Iroq Mirjalol Qosimovning jarima zabasidan urgan goli evaziga taslim qilingan. Ikkinchi turda Saudiya Arabistoniga yosh Aleksandr Geynrix ajoyib gol urgan edi. So'nggi turdan oldin O'zbekiston guruhdan chiqib bo'lgandi. SHunday bo'lsa ham Mirjalol Qosimovning yana bir bor jarimadan urgan shedevr goli evaziga Turkmaniston mag'lub etilgan.

CHorak finalda Bahrayn bilan biz uchun almali o'yin bo'lib o'tgan. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd Geynrix va SHishelovning gollariga bahraynlik Alo Xubayl degan futbolchi ikki marta javob bergan. Penaltilar seriyasida bizdan Marat Bikmaev hamda Leonid Koshelev noaniq berishgan va yakunda 3:4 hisobida yutqazganmiz.


TAS-IX 

 


TAS-IX emas





Yarim finalda bizni yutgan Bahrayn va amaldagi chempion Yaponiya to'qnash kelgan. Qo'shimcha taymlarga qadar davom etgan bahsda samuraylar 4:3 hisobida zafar quchishgan.

Ikkinchi yarim finalda mezbon Xitoy va Eron kuch sinashishdi. Bu bahsda ham asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi - 1:1. Qo'shimcha taymda ham hisob o'zgarmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Xitoyga "devorlar" yordam berdi - 4:3.

Uchinchi o'rin uchun bahsda Branko Ivankovich boshchiligidagi Eron Bahraynni 4:2 hisobida mag'lub etib bronza medaliga ega chiqqan.

Finalda Ziko boshchiligidagi Yaponiya maydon egalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Qizig'i finalda Yaponiya ustozi bironta o'zgarishni amalga oshirmadi. SHu tariqa, Yaponiya ketma-ket ikkinchi va umumiy uchinchi marta Osiyo Kubogini qo'lga kiritdi.

Yaponiyalik SHunsuke Nakamura musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Beshtadan gol urgan Alo Hubayl va Ali Karimi musobaqa to'purari bo'lishdi.



Osiyo Kubogi-2004
Mezbon mamlakat: 
Xitoy
Muddati: 17 iyul – 7 avgust
Jamoalar soni: 16ta
Mezbon shahar: 4ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni
: 32ta
Gollar soni: 96ta (o'rtacha 3tadan)
Tomoshabinlar tashrifi: 937650 (29302 o'rtacha)
To'purar: Alo Hubayl (Bahrayn), Ali Karimi (Eron) - 5tadan gol
Eng yaxshi futbolchi: SHunsuke Nakamura (Yaponiya)
Feyr-pley sovrini: Xitoy

Osiyo Kubogi-2004 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon
: Yoshikacu Kavaguchi (Yaponiya)
Himoyachilar: Cuneyasu Miyamoto (Yaponiya), Yuji Nakazava (Yaponiya), Zeng Zi (Xitoy), Mehdi Mahdavikiya (Eron)
Yarim himoyachilar: SHunsuke Nakamura (Yaponiya), SHao Jiayi (Xitoy), Zao Junze (Xitoy), Talal Yusuf (Bahrayn)
Hujumchilar: Alo Hubayl (Bahrayn), Ali Karimi (Eron)


“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Xitoy

3

2

1

0

8:2

7

Bahrayn

3

1

2

0

6:4

5

Indoneziya

3

1

0

2

3:9

3

Qatar

3

0

1

2

2:4

1



“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Janubiy Koreya

3

2

1

0

6:0

7

Iordaniya

3

1

2

0

2:0

5

Kuvayt

3

1

0

2

3:7

3

BAA

3

0

1

2

1:5

1



“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

O'zbekiston

3

3

0

0

3:0

9

Iroq

3

2

0

1

5:4

6

Turkmaniston

3

0

1

2

4:6

1

Saudiya Arabistoni

3

0

1

2

3:5

1



“D” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

2

1

0

5:1

7

Eron

3

1

2

0

5:2

5

Ummon

3

1

1

1

4:3

4

Tailand

3

0

0

3

1:9

0



CHorak final
O'zbekiston - Bahrayn 2:2 (penaltilar seriyasi 3:4)
Gollar:
Aleksandr Geynrix 60, Vladimir SHishelov 86 - Alo Hubayl 71, 76

Xitoy - Iroq 3:0
Gollar: 
Xao Xaydong 8, Zeng Zi 81 penalti, 90+2 penalti.

Yaponiya - Iordaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
Gollar: 
Suzuki 14 - SHelbaieh 11

Janubiy Koreya - Eron 3:4
Gollar: 
Seul Ki Xyon 16, Li Dong Guk 25, Kim nam Il 68 - Karimi 10, 20, 77, Park Jin Sop 51 avtogol.


Yarim final
Bahrayn - Yaponiya 3:4 (qo'sh.vaqt)
Gollar:
Alo Hubayl 7, 71, Nosir Abdulla 85 - Nakata 48, Tamada 55, 93, Nakazava 90.

Xitoy - Eron 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
Gollar
: SHao Jiayi 18 - Alavi 38

Uchinchi o'rin uchun bahs
Eron - Bahrayn 4:2
Gollar: 
Nekunam 9, Karimi 52, Ali Dayi 80 penalti, 90 - Yusuf 48, Farhan 57


FINAL
Xitoy - Yaponiya 1:3
7 avgust 2004. Pekin. "Ishchilar" stdaioni. 62000 tomoshabin
Bosh hakam:
Saad Komil Al Fadhli (Kuvayt)
Gollar: 
Li Ming 31 - Takashi Fukunishi 22, Koji Nakata 65, Keiji Tamada 90+1.
Xitoy: Liu Yunfei, Vei Xin, Zang Yaokun, Zeng Zi, Sun Ksiang, Li Ming, SHao Jiayi, Zao Junze, Yan Song (Sun Jixai, 68), Xao Xaydong (Li Yi, 57), Li Jinyu (Xu Yunlong, 75)
Bosh murabbiy: Ari Xaan (Gollandiya)
Yaponiya: Yoshikacu Kavaguchi, Akira Kaji, Makoto Tanaka, Cuneyasu Miyamoto, Koji Nakata, Yuji Nakazava, Takashi Fukunishi, SHunsuke Nakamura, Aleks, Takayuki Suzuki, Keyji Tamada.
Bosh murabbiy: Ziko (Braziliya)




Osiyo Kubogi-2004 chempion tarkib
Darvozabonlar

Seigo Narazaki
Yoichi Doi
Yoshikacu Kavaguchi

Himoyachilar
Makoto Tanaka
Cuneyasu Miyamoto
Atsuxiro Miura
Naoki Matsuda
Akira Kaji
Yuji Nakazava
Takayuki Endo

Yarim himoyachilar
Yasuxito Endo
Koji Nakata
Mitsuo Ogasavara
SHunsuke Nakamura
Alekssandro Dos Santos
Takashi Fukunishi
Toshiya Fujita
Norixiro Nishi
Takuya Yamada

Hujumchilar
Takayuki Suzuki
Masashi Motoyama
Keyji Tamada
Bosh murabbiy: Ziko (Braziliya)



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика