Samvel Babayan: "Bugungi bahsda 60 foiz o'z darajamizni ko'rsatdik"
27 fev 23:31
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Bugungi bahsda 60 foiz o'z darajamizni ko'rsatdik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda barcha andijonliklarni yangi mavsum va g'alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, bunga erishish oson bo'lmadi. O'ziga yarasha qiyin uchrashuv o'tkazdik. Deyarli 99 foiz yangi tarkibga egamiz. Shu bois hammaning birdaniga o'yinga qovushib ketishi oson bo'lmadi.
"So'g'diyona" biz kutgan o'yinni namoyish etdi. Raqibni o'rganib chiqqandik va qanday o'yin namoyish etishini bilardik. Bugungi bahsda 60 foiz o'z darajamizni ko'rsatdik. Hali qilinadigan ishlar ko'p. Aytib o'tganimdek, tarkib tubdan o'zgargan. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz deb o'ylayman.
Bugungi uchrashuvda 70 foiz ustunlik jamoamiz tomonida bo'ldi. Himoya va hujumda yaxshi harakat qildik. Stadiondagi muhit umuman alohida mavzu. Hamma shunday tribunalar qarshida to'p tepishni xohlaydi. Muxlislar oxirigacha qo'llab turishdi, ularga ham katta rahmat. Birinchi qadam muhim edi, xayriyat ijobiy yakunlab oldik.
Biz o'yinlarni uy-mehmonga ajratmaymiz, har bir bahsga jiddiy hozirlik ko'ramiz. "Andijon" klubiga kelishimdan maqsad - klub tarixiga oz bo'lsa-da o'z hissamni qo'shish, viloyat rahbariyati va ishqibozlarni xursand qilish. Qanchalik qiyin bo'lmasin, har doim har bir o'yinni muxlislarga bayram sifatida ulashishga harakat qilamiz.

- Legionerlar jamoaga qanchalik moslashyapti?
- Legionerlar yaxshi sifatga ega bo'lishi hamda chiroyli o'yin ko'rsatishi lozim deb o'ylayman. Ulardagi masuliyat katta. Biz selekciya ishlarini chuqur o'ylab olib bordik, xususan xorijlik futbolchilarni puxta o'rganib shundan so'ng jamoaga taklif etdik. Ularning insoniylik xususiyatlari ham muhim. Bugun legionerlar yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo maydondagi futbolchilarni legioner va mahalliyga ajratmagan bo'lardim. Chunki biz bitta jamoamiz. Maqsadimiz har bir o'yinda o'zimizni ko'rsatish.
- Aziz Turg'unboev o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi.
- Chunki u jarohat bilan kelgandi va hozir davolanyapti. O'ylaymanki, keyingi o'yinga Aziz tayyor bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar