So’nggi yangiliklar

00:55Кэррик: "Магуайр МЮ учун керак"  0 00:33Акмал Рустамов: "Пахтакор"нинг омади келди"  0 00:15Камолиддин Тожиев: "Таркибимизда 20та асосий футболчи бор. Рақиб 10 киши бўлиб ҳимояланди"  1 23:55Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Коняспор"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  48 23:31Самвел Бабаян: "Бугунги баҳсда 60 фоиз ўз даражамизни кўрсатдик"  19 23:10Суперлига. "Андижон" – "Сўғдиёна" 4:0   1 22:52Асенсио "Хетафе"га қарши ўйнамайди  2 22:28Деку: "Ньюкасл" - қийин рақиб"  14 22:12Иван Бошкович: "Таблодаги ҳисоб ҳаммасини айтиб турибди"  9 21:57Андрей Шипилов: "Бугун мағлубиятга лойиқ эмасдик"  3 21:44Александр Хомяков: "Чиройли ўйинларимиз ҳали олдинда"  4 21:35Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0   0 20:56Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Қизилқум"ни мағлуб этди  97 20:42Суперлига. "Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни тор-мор этди  50 20:02"Ўйин куни" — "Нефтчи" клуби билан бирга   5

Andrey Shipilov: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Andrey Shipilov: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Superliga 1-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qo'qonliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Mavsum ochilishi bilan barchani tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, chiroyli to'qnashuv guvohi bo'ldik, kurash oxirigacha kechdi. Futbolchilarimni yomon o'yin ko'rsatdi yoki g'alaba qozonishni istashmadi deb ayblay olmayman. Biz ham oxirigacha harakat qildik. Kiyim almashtirish xonasida hammaga iliq gaplarni aytdim. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. To'g'ri, bahsni biroz ishonchsiz boshladik. Bu nima bilan bog'liqligini o'rganib chiqamiz. Sportda shunday: hayajon hammada bo'ladi. Bu endi birinchi tur. Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik. Agar shunday o'ynashda davom etsak, hali omadimiz keladi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- "Qo'qon-1912" jamoasi yaxshi tarkibga ega ekanligi ko'rindi. Darvozabondan tortib hujumchilargacha - hamma o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Lekin bugungi o'yinda ko'rdikki, hujumchilar to'g'ri o'ynay olmadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Ehtimol, gol urmaganimiz uchun bo'lsa kerak, hujumchilar o'zini ko'rsata olmagandek ko'ringan bo'lishi mumkin. Ammo ular bugun katta hajmdagi ishni bajarishdi. Menga qolsa jamoani chiziqlarga ajratmagan maqul, futbolni butun jamoa o'ynaydi. Hujumchilarimizda ham vaziyat bo'ldi, lekin to'p kirita olmadik. Ikkinchi taymda bir nechta imkoniyatga ega bo'ldik. Burchak to'plari tepdik, jarima zarbalarini amalga oshirdik. Biz uchun kim gol urishining farqi yo'q, muhimi o'sha golni urish. Turkiyadagi yig'inimizda hamma o'zidan yaxshi taassurot qoldirishga harakat qildi. O'rtoqlik o'yinlarida boshqa chiziq vakillari ham to'p kiritdi. Bu borada ko'nglim to'q deya olaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
27 fev 23:25:04
Акмал Аляров
Қўқон учун ЭНГ катта хато тренер танлашда бўлди
   
27 fev 22:25:19
Abb
Сан йукол сан тренер эмас ан аут.
   
27 fev 22:09:48
Soccerland777
Апрелни охирида кетасан. Майгачаям етолмисан. Мураббиймаску бу
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика