So’nggi yangiliklar

00:55Кэррик: "Магуайр МЮ учун керак"  0 00:33Акмал Рустамов: "Пахтакор"нинг омади келди"  0 00:15Камолиддин Тожиев: "Таркибимизда 20та асосий футболчи бор. Рақиб 10 киши бўлиб ҳимояланди"  1 23:55Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Коняспор"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  48 23:31Самвел Бабаян: "Бугунги баҳсда 60 фоиз ўз даражамизни кўрсатдик"  19 23:10Суперлига. "Андижон" – "Сўғдиёна" 4:0   1 22:52Асенсио "Хетафе"га қарши ўйнамайди  2 22:28Деку: "Ньюкасл" - қийин рақиб"  14 22:12Иван Бошкович: "Таблодаги ҳисоб ҳаммасини айтиб турибди"  9 21:57Андрей Шипилов: "Бугун мағлубиятга лойиқ эмасдик"  3 21:44Александр Хомяков: "Чиройли ўйинларимиз ҳали олдинда"  4 21:35Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0   0 20:56Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Қизилқум"ни мағлуб этди  97 20:42Суперлига. "Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни тор-мор этди  50 20:02"Ўйин куни" — "Нефтчи" клуби билан бирга   5

Aleksandr Xomyakov: "Chiroyli o'yinlarimiz hali oldinda" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Chiroyli o'yinlarimiz hali oldinda"

Superliga 1-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalo barchani yangi mavsum starti bilan tabriklayman. Dastlabki uchrashuvni yutib oldik va bu bilan o'z muxlislarimizni tabriklayman. Uyda to'p tepdik va muxlislar bizni yaxshi qo'llab turishdi. Birinchi taymda ustunlik jamoamiz tomonida bo'ldi va gol ham urib oldik. Ammo ikkinchi bo'limdagi ustunlik raqib tomonga o'tdi, shundan so'ng o'yinimiz qovushmadi. Buning ham o'ziga yarasha sabablari bor, birinchi o'yinda bu kabi holat kuzatiladi. Biz hisobni ushlab qolishga harakat qildik, chunki maqsadimiz birinchi o'yinni yutib olish edi. Yigitlarga rahmat, hamma o'yinga o'zini baxsh etdi, endi keyingi uchrashuvga hozirlik ko'ramiz.

- Yangi mavsum oldidan o'zingiz xohlagan barcha futbolchilarni jamoaga taklif eta oldingizmi?

- Vaziyat shunday bo'ldiki, bizda qishki tatil qisqa bo'ldi. O'tgan yil dekabrning yarmida mavsumni tugatdik, pley-off o'yinlarida o'ynadik. O'sha paytdayoq bu mavsum uchun reja tuzishni boshlab yuborgandik. Selekciya ishlari umuman to'xtamadi, o'zimiz xohlagan tarkibni tuza oldik. Chiroyli o'yinlarimiz hali oldinda.

- Yoshlarga ko'proq imkoniyat berganingiz bugungi bahsda ko'rindi. Legionerlar esa zaxirada qolishdi. Ular hali jamoaga to'liq qo'shilib ketmadimi?

- Biz mashg'ulotlardan kelib chiqib tarkib tuzamiz. O'yinchilarni mahalliy va xorijlikka ajratmaymiz. Kim tayyor bo'lsa, asosiy tarkibda shu tushadi. To'g'ri, Evropa davlatlaridan kelgan futbolchilar moslashuv jarayonini boshdan kechiradi. Bu odatiy hol. Ularga hali vaqt kerak. Bugun esa shu tarkibdan foydalanishga qaror qildik. Aytib o'tganimdek, oldinda o'yinlar ko'p va hammaga o'zini ko'rsatish uchun vaqt bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
27 fev 23:08:45
1994 Nurafshon
Галаба муборак Бухоро
   
27 fev 22:01:59
Жалоладдин Мухаммадович✈
Бухоро жамосига хомий топилдим
   
27 fev 21:56:00
Ихтиёр
Хомяков молатси бугун жуда яхши уйнадизлар кукон таркиби жуда кучли экан
   
27 fev 21:55:12
Улугбек Рахимов
Галаба Билан табриклаймиз доим Бухоро Халки сизлар Билан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика