Osiyo kubogi-2004. Debyutant Ermatov va ustasi o'zbek Qosimov, yoqib yuborilgan bayroqlar hamda penaltilar seriyasi o'rtasida darvozani almashtirgan hakam to'g'risida hikoya qilamiz
07 jan 02:00
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2004. Debyutant Ermatov va ustasi o'zbek Qosimov, yoqib yuborilgan bayroqlar hamda penaltilar seriyasi o'rtasida darvozani almashtirgan hakam to'g'risida hikoya qilamiz
2004 yilgi Osiyo kubogiga Xitoy mezbonlik qilgan. Musobaqada ilk bor 16 mamlakat — Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Kuvayt, Qatar, Indoneziya, Tailand, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Ummon, Turkmaniston va O'zbekiston ishtirok etdi.
Mezbon Xitoy va amaldagi chempion Yaponiya saralashda ishtirok etmagan holda Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida Tailand, Tojikiston va Gonkongni ortda qoldirgan bo'lsa-da, so'nggi turda Tailandga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Turnir 17 iyul–4 avgust kunlari Pekin, CHongking, Jinan va CHengdu shaharlaridagi to'rtta stadionda o'tkazildi. Adidas kompaniyasi musobaqa uchun maxsus to'p ishlab chiqardi.
Musobaqa kutilmagan hodisalarga boy bo'ldi. "A" guruhida Bahrayn raqiblari uchun syurprizga aylandi va mezbondan keyin ikkinchi o'rin bilan pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
"B" guruhida esa Iordaniya syurpriz ko'rsatib, hatto Janubiy Koreya bilan murosa ko'chasini tanladi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Mazkur turnirga ilk marotaba o'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov chaqirildi va unga guruh bosqichi doirasidagi BAA — Janubiy Koreya uchrashuvi ishonib toprishildi. Mazkur bahsda koreyslar raqib darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi.
"C" guruhi vakili O'zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy sifatida Ravshan Haydarov ish olib borsa-da asosiy qarorlarni yordamchi murabbiy germaniyalik Yurgen Gyode qabul qilardi. Umuman olganda, ushbu musobaqaga "oq bo'rilar" bir qancha yo'qotishlar bilan keladi. Maksim SHackix mamlakatda tarqalgan parranda grippi tufayli musobaqaga borishdan bosh tortgan.
O'zbekiston terma jamoasi qaydnomasi: 1.Aleksandr Poliakov ("Krilya Sovetov", Rossiya), 2.Baxtiyor Ashurmatov ("Paxtakor"), 3.Andrey Fyodorov ("Rubin", Rossiya), 4.Mirjalol Qosimov ("Alaniya", Rossiya), 6.Leonid Koshelev ("Paxtakor"), 7.Andrey Akopyanc ("Rostov", Rossiya), 8.Server Jeparov ("Paxtakor"), 9.Anvar Soliev ("Paxtakor"), 11.Vladimir SHishelov ("Paxtakor"), 12.Ignatiy Nesterov ("Paxtakor"), 13.SHavkat Raimqulov ("Traktor"), 15.Aleksandr Geynrix (CSKA, Rossiya), 17.Zafar Xolmurodov ("Nasaf"), 18.Timur Kapadze ("Paxtakor"), 20.Eldor Magdiev ("Paxtakor"), 21.Evgeniy Safonov ("SHinnik", Rossiya), 22.Nikolay SHirshov ("Rostov", Rossiya), 24.Asror Aliqulov ("Paxtakor"), 25.Islom Inomov ("Paxtakor"), 26.Marat Bikmaev ("Paxtakor"), 28.Aleksey Nikolaev ("Paxtakor").
Guruhda Iroq, Turkmaniston va Saudiya Arabistoni bilan kurash olib borgan hamyurtlarimiz uchala o'yinda ham 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Ilk turda Iroq Mirjalol Qosimovning jarima zabasidan urgan goli evaziga taslim qilingan.
O'zbekiston - Iroq 1:0
Guruh bosqichi, 1-tur. 18.07.2004. 1-tur. CHengdu. "Sichuan Longcuani" stadioni 12400 tomoshabin
Bosh hakam: Kvon Yong CHul (Janubiy Koreya)
Gol: Mirjalol Qosimov 22
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Baxtiyor Ashurmatov (Timur Kapadze, 57), Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Mirjalol Qosimov (Islom Inomov, 73), Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Anvar Soliev, Vladimir SHishelov, Aleksandr Geynrix (Nikolay SHirshov, 85)
CHetlatish: Aleksey Nikolaev 83, Emad Muhammad Rizo 87
Uchrashuvdan keyin Iroq bosh murabbiyi Adnan Hamad shunday fikr bildirdi: "Uchrashuv yaxshi o'tdi. Afsuski, ko'p imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, natija boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi. Xitoyga g'alaba qozonish uchun kelgandik, ammo ilk natija bizning foydamizga ishlamadi. Umid qilamanki, keyingi bosqichga yo'l olamiz."
O'z navbatida, Ravshan Haydarov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi: "Uchrashuv boshida biroz kamchiliklar ko'zga tashlandi, chunki bu dastlabki o'yin edi. Xayriyatki, yagona imkoniyatdan unumli foydalandik va gol urdik. Ushbu g'alabada darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Safonovning ham hissasi bor. Bellashuvda bir qator futbolchilar jarohat oldi, shu bois keyinga o'yinga qadar tiklanishga harakat qilishimiz lozim."
Ikkinchi turda Saudiya Arabistoniga yosh Aleksandr Geynrix ajoyib gol urgan edi.
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:0
Guruh bosqichi, 2-tur. CHengdu. "Sichuan Longcuani" stadioni 22000 tomoshabin
Bosh hakam: Koja Kofi (Benin)
Gol: Aleksandr Geynrix, 13
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Andrey Fyodorov, Nikolay SHirshov, Asror Aliqulov, Mirjalol Qosimov (Islom Inomov, 64), Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Anvar Soliev (Ilyos Zeytullaev, 60), Timur Kapadze, Vladimir SHishelov, Aleksandr Geynrix (Marat Bikmaev, 78)
So'nggi turdan oldin O'zbekiston guruhdan chiqib bo'lgandi. SHunday bo'lsa-da, ko'pgina zaxira o'yinchilari bilan harakatlangan hamyurtlarimiz Mirjalol Qosimovning yana bir bor jarimadan urgan shedevr goli evaziga Turkmanistonni mag'lub etishgan. O'zbekiston terma jamoasining 4-raqamli yulduzi esa guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan.
O'zbekiston - Turkmaniston 1:0
Guruh bosqichi, 3-tur. CHonqing. "Olimpiya" stadioni. 34000 tomoshabin.
Bosh hakam: Muhammad Kussa (Suriya)
Gol: Mirjalol Qosimov 58
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Leonid Koshelev, Timur Kapadze, Ildar Magdeev (Anvar Soliev, 77), Ilyos Zeytullaev (Mirjalol Qosimov, 46), Islom Inomov, Zafar Xolmurodov (Vladimir SHishelov, 83), Marat Bikmaev
CHetlatish: Islom Inomov 85
"D" guruhida esa kutilganidek, Yaponiya va Eron terma jamoalari guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qilishdi.
Forslarning qita musobaqasiga saralash bahslari ham osoyishta o'tmadi. SHimoliy Koreyaga qarshi "Ozodi" stadionida o'tgan bahsda tomoshabinlarning maydonga pirotexnika vositalari tashlashi oqibatida koreys futbolchisi shikastlangan va o'yin to'xtatilgan. Keyinchalik Eron foydasiga texnik g'alaba yozilgan.
“A” guruhi | O' | YU | D | M | T-N | O |
Xitoy | 3 | 2 | 1 | 0 | 8:2 | 7 |
Bahrayn | 3 | 1 | 2 | 0 | 6:4 | 5 |
Indoneziya | 3 | 1 | 0 | 2 | 3:9 | 3 |
Qatar | 3 | 0 | 1 | 2 | 2:4 | 1 |
“B” guruhi | O' | YU | D | M | T-N | O |
Janubiy Koreya | 3 | 2 | 1 | 0 | 6:0 | 7 |
Iordaniya | 3 | 1 | 2 | 0 | 2:0 | 5 |
Kuvayt | 3 | 1 | 0 | 2 | 3:7 | 3 |
BAA | 3 | 0 | 1 | 2 | 1:5 | 1 |
“C” guruhi | O' | YU | D | M | T-N | O |
O'zbekiston | 3 | 3 | 0 | 0 | 3:0 | 9 |
Iroq | 3 | 2 | 0 | 1 | 5:4 | 6 |
Turkmaniston | 3 | 0 | 1 | 2 | 4:6 | 1 |
Saudiya Arabistoni | 3 | 0 | 1 | 2 | 3:5 | 1 |
“D” guruhi | O' | YU | D | M | T-N | O |
Yaponiya | 3 | 2 | 1 | 0 | 5:1 | 7 |
Eron | 3 | 1 | 2 | 0 | 5:2 | 5 |
Ummon | 3 | 1 | 1 | 1 | 4:3 | 4 |
Tailand | 3 | 0 | 0 | 3 | 1:9 | 0 |
CHorak finalda Bahrayn bilan biz uchun almali o'yin bo'lib o'tgan. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd Geynrix va SHishelovning gollariga bahraynlik Alo Xubayl ikki marta javob bergan. Penaltilar seriyasida Marat Bikmaev hamda Leonid Koshelev gol ura olmaydi va yakunda O'zbekiston terma jamoasi 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashdi.
O'zbekiston – Bahrayn. 2:2, penaltilar seriyasi - 5:6
CHorak final. 30.07.2004. CHendu (Xitoy). “Longjuan” stadioni
Bosh hakam: CHon CHul Kvon (Janubiy Koreya)
Gollar: Aleksandr Geynrix (60), Vladimir SHishelov (86) – Alo Hubayl (71, 76)
O'zbekiston: 21. Evgeniy Safonov, 3. Andrey Fyodrov, 24. Asror Aliqulov, 28. Aleksey Nikolaev, 4. Mirjalol Qosimov (6. Leonid Koshelev, 106), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Marat Bikmaev, 83), 7. Andrey Akopyanc, 9. Anvar Soliev (20. Eldor Magdeev, 33), 11. Vladimir SHishelov, 15. Aleksandr Geynrix
CHorak finalning yana bir o'yinida Xitoy Iroqni yirik 3:0 hisobida taslim etadi.
Iordaniya esa Yaponiyaga ham boshog'riq bo'ladi. Asosiy va qo'shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlangach, jamoalar penaltilar seriyasiga yo'l oladi. Dastlabki ikki urinishdan so'ng Iordaniya 2:0 hisobida oldinga chiqib oladi. Yaponiya dastlabki ikkita zarbani noaniq ijro etgach, jamoa sardori Miyamoto malayziyalik bosh hakam Subhiddin Solihdan maydonning 11 metrli nuqtasi joylashgan qismidagi maysazorni tekshirishni iltimos qildi. Komissar bilan maslahatlashgan hakam seriyani maydonnining narigi tarafidagi qismida davom ettirishga ruxsat berdi. Yakunda esa Yaponiya vaziyatni o'nglabgina qolmay, o'z tarafiga og'dirishga ham muvaffaq bo'ldi.
Yana bir dramatik o'yinda esa Eron Janbiy Koreyani 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.
Yarim finalda Bahrayn Yaponiyaga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. 90-daqiqaga qadar hisobda oldinda borgan arab mamlakati vakillari so'nggi daqiqalarda va qo'shimcha bo'limlarda darvozasidan to'p o'tkazib yuborib, final chiptasidan quruq qoldi. Xitoy esa Eronni penaltilar seriyasida dog'da qoldirib, ikkinchi finalchiga aylandi.
Uchinchi o'rin uchun bahsda Branko Ivankovich boshchiligidagi Eron Bahraynni 4:2 hisobida mag'lub etib bronza medaliga ega chiqqan.
Finalda Ziko boshchiligidagi Yaponiya maydon egalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Qizig'i, finalda Yaponiya ustozi bironta o'zgarishni amalga oshirmadi. SHu tariqa, Yaponiya ketma-ket ikkinchi va umumiy uchinchi marta Osiyo kubogini qo'lga kiritdi.
CHorak final
O'zbekiston - Bahrayn 2:2 (penaltilar seriyasi 3:4)
Gollar: Aleksandr Geynrix 60, Vladimir SHishelov 86 - Alo Hubayl 71, 76
Xitoy - Iroq 3:0
Gollar: Xao Xaydong 8, Zeng Zi 81 penalti, 90+2 penalti.
Yaponiya - Iordaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
Gollar: Suzuki 14 - SHelbaieh 11
Janubiy Koreya - Eron 3:4
Gollar: Seul Ki Xyon 16, Li Dong Guk 25, Kim nam Il 68 - Karimi 10, 20, 77, Park Jin Sop 51 avtogol.
Yarim final
Bahrayn - Yaponiya 3:4 (qo'sh.vaqt)
Gollar: Alo Hubayl 7, 71, Nosir Abdulla 85 - Nakata 48, Tamada 55, 93, Nakazava 90.
Xitoy - Eron 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
Gollar: SHao Jiayi 18 - Alavi 38
Uchinchi o'rin uchun bahs
Eron - Bahrayn 4:2
Gollar: Nekunam 9, Karimi 52, Ali Dayi 80 penalti, 90 - Yusuf 48, Farhan 57
FINAL
Xitoy - Yaponiya 1:3
7 avgust 2004. Pekin. "Ishchilar" stdaioni. 62000 tomoshabin
Bosh hakam: Saad Komil Al Fadhli (Kuvayt)
Gollar: Li Ming 31 - Takashi Fukunishi 22, Koji Nakata 65, Keiji Tamada 90+1.
Xitoy: Liu Yunfei, Vei Xin, Zang Yaokun, Zeng Zi, Sun Ksiang, Li Ming, SHao Jiayi, Zao Junze, Yan Song (Sun Jixai, 68), Xao Xaydong (Li Yi, 57), Li Jinyu (Xu Yunlong, 75)
Bosh murabbiy: Ari Xaan (Gollandiya)
Yaponiya: Yoshikacu Kavaguchi, Akira Kaji, Makoto Tanaka, Cuneyasu Miyamoto, Koji Nakata, Yuji Nakazava, Takashi Fukunishi, SHunsuke Nakamura, Aleks, Takayuki Suzuki, Keyji Tamada.
Bosh murabbiy: Ziko (Braziliya)
Musobaqa davomida hakamlik borasida ko'plab etirozlar bildirildi. Xususan, mezbon jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarda ularga yonbosish holatlari uchragani to'g'risida mish-mishlar bong urdi va rasmiylarning qarorlari ko'pchilikning shubhalanishiga sabab bo'ldi. Biroq bu holat finalda aksiga ishladi. Jumladan, yaponiyalik futbolchi Koji Nakataning qo'l bilan urgan goli inobatga olindi. Keyinchalik, afsonaviy futbolchi Diego Maradona jahon chempionati doirasida Angliya darvozasiga urgan golini "Xudoning qo'li" deya ataganidek, Nakataning goli xitoyliklar orasida "Kojining qo'li" atamasini keltirib chiqardi.
Natija va noto'g'ri hisobga olingan gol mezbon muxlislarni ranjitdi va ular "Ishchilar" stadioni tashqarisida g'alayon ko'tarishdi.
Umuman olganda, xitoyliklarda Yaponiyaga nisbatan tarixiy norozilik mavjud edi. Bu o'yin davomida ham o'z tasirini o'tkazdi. Mezbon ishqibozlar Yaponiya madhiyasi ijro etilayotganda va to'p ularda bo'lganda, siyosiy bannerlarni ko'tarib, shovqin ko'tarishgan. Stadion tashqarisida esa ko'chli norosizlik namoyishi bo'lib o'tgan.
Muxlislar stadion tashqarisida Yaponiya bayroqlarini yoqib, haqoratli so'zlar aytishgan va vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlar kuylashgan, ko'chalarda 5000 dan ortiq policiyachi ularga qarshi saf tortgan.
Yaponiyalik SHunsuke Nakamura musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Beshtadan gol urgan Alo Hubayl va Ali Karimi musobaqa to'purari bo'lishdi.
To'purar: Alo Hubayl (Bahrayn), Ali Karimi (Eron) - 5tadan gol
Eng yaxshi futbolchi: SHunsuke Nakamura (Yaponiya)
Feyr-pley sovrini: Xitoy
Osiyo Kubogi-2004 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Yoshikacu Kavaguchi (Yaponiya)
Himoyachilar: Cuneyasu Miyamoto (Yaponiya), Yuji Nakazava (Yaponiya), Zeng Zi (Xitoy), Mehdi Mahdavikiya (Eron)
Yarim himoyachilar: SHunsuke Nakamura (Yaponiya), SHao Jiayi (Xitoy), Zao Junze (Xitoy), Talal Yusuf (Bahrayn)
Hujumchilar: Alo Hubayl (Bahrayn), Ali Karimi (Eron).
Osiyo kubogi-1964. CHempioni OFK tarixidan tushib qolgan turnir haqida hikoya qilamiz
Osiyo kubogi-1968. Muammolar girdobidagi Eron "Oltin davr"ini chempionlik bilan boshladi
Osiyo kubogi-1984. Saudiya Arabistoni debyutidayoq chempionlikka erishdi
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar