Oliy liga-2016. 1-turning 4ta o'yini SPORT TV orqali namoyish etiladi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2016, 11:53
Ertaga futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati start oladi.

SPORT telekanali oliy liganing dastlabki turidan o'rin olgan 4ta o'yinni namoyish etishni rejalashtirgan.

Ertaga "Bunyodkor" va "Neftchi" o'rtasidagi uchrashuv soat 17:45dan boshlab to'g'ridan to'g'ri namoyish etiladi. Tunda soat 00:05da "Metallurg" - "So'g'diyona" bahsi yozib olingan holda efirga uzatiladi.

Yakshanba kuni Namanganda o'tadigan "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi tunda yozib olingan holda (00:05) ko'rsatish rejalashtirilgan.

7 mart, dushanba kuni "Paxtakor" va "Andijon" o'rtasidagi o'yin jonli efirda namoyish etiladi. Bu uchrashuv soat 17:15da boshlanadi.


5 mart

"Bunyodkor" - "Neftchi" 17:45 LIVE

"Metallurg" - "So'g'diyona" 00:05 (yozib olingan holda)

6 mart

"Navbahor" - "Lokomotiv" 00:05 (yozib olingan holda)

7 mart

"Paxtakor" - "Andijon" 17:15 LIVE


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia