O'zbekiston - Avstraliya. Uchrashuvni "Sport TV"da kim sharhlashi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
23 yanv 2024, 11:19
Bugun O'zbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasida Avstraliyaga qarshi o'ynaydi.

Soat 16:30 da boshlanadigan uchrashuv "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. O'yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlaydi. 

"Bugun katta o'yin. O'zbekiston terma jamoasi guruh yetakchisi Avstraliya bilan uchrashadi. G'olib chiqsak guruhni birinchi o'rinda yakunlaymiz. Durang bo'lsa ikkinchi o'rin bilan chiqamiz. Guruhimizdagi vaziyat bu o'yinni deyarli bosimsiz o'tkazishga imkon beradi. Demak ortiqcha hisob kitobga berilmay, bor imkoniyatni ishga solib futbol o'ynash mumkin. Bunday sharoitda jamoamiz odatda ochiladi va yaxshi harakat qiladi. Avstraliyaga birinchi gol ham bugun urilsin, birinchi g'alaba ham bugun qayd etilsin. Efirda birgalikda nishonlash nasib qilsin. 

16:30 dan boshlab Sport telekanali translyatsiyasi orqali suhbatni davom ettiramiz", - deya post qoldirdi Fayziev o'z telegram kanalida. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/Davron_Fayziev