Bugun "Al Ayn" - "Nasaf" uchrashuvini "Sport TV"da kim sharhlaydi?

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 13:28
Bugun "Nasaf" jamoasi OCHL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Al Ayn" mehmoni bo'ladi.

Bir hafta oldin Qarshida o'tgan dastlabki bellashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.

Bugungi to'qnashuv "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. O'yinni taniqli sharhlovchi  Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Bu haqda sharhlovchining o'zi telegramdagi kanalida ma'lum qilgan.

"Al Ayn" - "Nasaf" bahsi Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia