Nematulla Qutiboev: "Jamoamning bu yilgi natijasi yaxshi bo'lmoqda, lekin ikkinchi davrada munosib baho berish mumkin"
09 may 2014 16:09
Yangiliklar
Nematulla Qutiboev: "Jamoamning bu yilgi natijasi yaxshi bo'lmoqda, lekin ikkinchi davrada munosib baho berish mumkin"
Nukusning "Orol" jamoasi o'tgan yili birinchi ligada arang ishtirok etganidan xabaringiz bor.
Lekin joriy mavsumda "Orol" muxlislarini xurnsad etmoqda deyish mumkin. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar yuz bermagan ersada, jamoa hozirda 3-o'rinni band etib turibdi. Bunda bosh murabbiyning ham roli katta. SHu bois Qutiboevni saytimiz ijodkorlari bilan maslahatlashgan xolda, aprel oyining eng yaxshi murabbiylariga qatoriga kiritdik.
- Aprel oyining eng yaxshi murabbiylari qatoridan joy olganimdan xursandman. Bunday etibor bizga keyinchalik yanada jiddiy ishlashga turtki beradi, - deya gap boshladi Qutiboev. - Birinchi o'ringa haqiqatdan ham Muxtor Qurbonov munosib. Ikkinchi o'rin esa Mansur Davletovga berilgani ham to'g'ri qarorlardan biri bo'lgan. CHunki bunda ularning jamoalari qayd etgan natijaga etibor qaratish joiz. SHu bois jamoalarning turnir jadvalidagi joylashuvi ham ko'rsatib turibdi. Aprel oyida 6ta o'yin o'tkazdik. Ochig'ini aytganda, bu oy biz uchun juda ham muvaffaqiyatli kechdi deb o'ylamayman. Sababi 1-turda o'z maydonimizda SHerdorga mag'lub bo'ldik. Bu uchrashuvda yutishimiz shart edi. To'g'ri o'tgan yilgiga nisbatan joriy mavsumdagi natijalarimiz yaxshi bo'lmoqda. Lekin biz bundan yuqori o'ringa chiqishimiz ham mumkin. CHunki shogirdlarim o'yindan-o'yinga o'sishga erishmoqda. Ko'z tegmasin bu mavsum hozircha hammasi yaxshi bo'lmoqda.
Maqtanyapti demangu, "Orol" hujumkor o'yin uslubiga ega va har bir uchrashuvda hujumkor o'yin ko'rsatishga intiladi. Jamoada tashkiliy ishlar ham asta-sekin iziga tushib bormoqda. Lekin hozirdan jamoaning o'yiniga shoshilinch xulosa chiqarish qiyin. CHempionat endi boshlandi. Hali bizni oldinda ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Ikkinchi davraga borganda "Orol"ning o'yini haqida jiddiy bir fikr aytish mumkin. Umid qilamanki, yigitlar bundan keyin ham yanada o'zlarini ko'rsatadi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar