So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  4 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  5 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  20 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0

Husanovning agenti: "Biz bilan APLning 12 klubi aloqaga chiqdi" Yangiliklar

Husanovning agenti: "Biz bilan APLning 12 klubi aloqaga chiqdi"

Abduqodir Husanovning agenti Gayrat Xasbiullin "Sport-ekspress" nashriga intervyu berdi.

Ushbu intervyu payti u Husanovga "Siti"dan boshqa yana qaysi jamoalar qiziqqani haqida gapirib o'tdi.

Husanov 20 yanvar kuni rasman "Manchester Siti" o'yinchisi sifatida elon qilingan edi.

- SHaxsan siz Abduqodirning "Siti"ga transferi haqiqatga yaqin ekanligini tushundingiz? Muzokaralar qanday o'tdi?

- Noyabr oyining oxirlarida "Siti" bizning futbolchiga jiddiy qiziqayotganini tushundik. Dekabrning boshida esa ingliz klubi ehtimoliy transfer borasida "Lans" bilan ham, biz bilan ham gaplashishni boshladi.

- Boshqa variantlar ham bormidi?

- O'sha paytda Husanov borasida APLning yarim jamoasi biz bilan aloqaga chiqdi. Qaysidir pallada men 12 ta ingliz klubi biz bilan aloqaga chiqqanini sanadim.

- "Siti"ning asosiy raqobatchisi kim edi?

- "Nyukasl". Ular bu poygadan oxirgi bo'lib chiqishdi. Bu juda yaxshi jamoa, qiziqarli loyiha. Bu jamoani yorqin kelajak kutmoqda. Menimcha, "Nyukasl" yaqin yillarda APLda Top-6 likka kirib oladi. Ammo moliyaviy feyr-pley va boshqa faktorlar tufayli "Nyukasl" aniq taklifni yubora olmadi. Barchasi cho'zilib ketdi.

Bu vaqtda "Siti" klubi "Lans"ga ham, bizga ham bosim o'tkazib javobimizni kutayotgan edi. Yakunda biz shu variantni tanladik, kelishuv amalga oshdi", - dedi Husanovning agenti.

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика