Rasman: "Qizilqum" chernogoriyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi Yangiliklar

Rasman: "Qizilqum" chernogoriyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

19 yanvar kuni saytimizda "Qizilqum"ga yana bir legioner kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Turon"da o'ynagan legioner futbolchi Superligaga qaytyapti

Biroz avval Navoiy klubi matbuot xizmati bu haqda rasman malum qildi.

CHernogoriyalik markaziy himoyachi Nikola Kumburovich endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Rahbariyat va Nikola Kumburovich o'rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.

Nikola Kumburovich haqida:

Tug'ilgan sanasi: 13.11.1999

Tug'ilgan joyi: CHernogoriya

Ampluasi: Himoya

To'p tepgan jamoalari: "CHernomorec" (Rossiya), "Turon" (O'zbekiston), "Iskra" (CHernogoriya).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика