So’nggi yangiliklar

21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  1 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  4 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  3 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0

"Nasaf" bugundan yig'inga kirishdi, klub Norchaev va Abdixoliqovga qiziqmoqda Yangiliklar

"Nasaf" bugundan yig'inga kirishdi, klub Norchaev va Abdixoliqovga qiziqmoqda

Superliga klublari sekin asta bo'lajak mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlashmoqda.

O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi va Superliga vice-chempioni "Nasaf" jamoasi bugundan yig'inga kirishdi. "Ajdarlar" Ro'ziqul Berdiev boshchiligida Qarshi shahridagi klub bazasida bugundan mashg'ulotlarni boshlashadi. Ushbu yig'in Qarshida 28 dekabrga qadar davom etadi. SHundan so'ng futbolchilarga qisqa tatil beriladi.

"Nasaf" 2 yoki 3 yanvar sanasidan ikkinchi yig'inni boshlashni mo'ljallamoqda. Bu haqda "Championat.asia" saytiga jamoa bosh murabbiyi R.Berdiev malum qildi. Jamoaning yanvar oyidagi yig'ini Qarshi shahrida boshlanib Turkiyada davom ettiriladi. Antaliya yig'ini yanvarning oxiriga qadar davom etadi. Albatta, u erda qator o'rtoqlik o'yinlari ham o'tkaziladi.


- "Nasaf" yaqindagina jamoani tark etgan Umar Eshmurodov o'rniga bir qator mahalliy va legioner markaziy himoyachilar nomzodini ko'rib chiqmoqda;

- "Ajdarlar"ni tark etgan Lima Kruz va Andres CHaveslar o'rniga ham mahalliy va legioner o'yinchilar ko'rib chiqilmoqda. SHaxsan bosh murabbiyning tasdiqlashicha, "Nasaf" o'z tarbiyalanuvchilari Bobir Abdixoliqov hamda Husayn Norchaevni ham ortga qaytarmoqchi. Ularga qiziqish bor va hozir muzoralar olib borilmoqda;

- Marko Stanoevichning shartnomasi o'z nihoyasiga etgan, klub hozirda yarim himoyachi bilan kelishuvni uzaytirish yoki uzaytirmaslik masalasini ko'rib chiqadi;

Yana bir yarim himoyachi Jaba Jigaurining shartnomasi yana bir yil davom etadi. Lekin, tomonlar o'zaro ikki tomonlama shartlarni kelishib olishlari kerak bo'ladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика